Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi «samosud» videosi böyiça Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti maʼlumot berdi.
Aniqlanişiça, joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 12:00 larda 26 yoşli I.O. özining tanişi 20 yoşli Yu.T. (ayol) bilan uçraşgan vaqtida uşbu holatni I.O.ning turmuş örtoği — 24 yoşli M.S.(ayol)ning dugonalari körib qoladi.
Ular telefon orqali bu haqda M.S. ga xabar berib, uni çaqirişgan hamda fuqaro Yu.T. (ayol)ni uşlab olib, turli xil uyatli sözlar bilan xaqorat qilib, janjal qilişgan. M.S.(ayol) esa Yu.T.(ayol)ni tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan.
Uşbu janjal vaqtida M.S.ning dugonalaridan biri özining uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, keyinçalik mazkur videolavhani telegram orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Şu örinda, fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi holatlarda özboşimçalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni özlari jazolaşga urinmasliklarini, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişlarini söraymiz. Bundan taşqari, bu kabi holatlar tasvirlangan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan fuqarolarimizga eslatma:
Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 1891-moddasi va Jinoyat kodeksining 1301-moddalarida körsatilgan «Zöravonlikni yoki şafqatsizlikni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, olib kiriş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş» kabi maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib çiqaradi» — deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.









