Biroz avval, “Özbekkontsert” davlat muassasasida navbatdan taşqari yiğiliş ötkazilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Direktor Odiljon Abduqahhorov raisligida ötayotgan majlisda xonanda Jahongir Otajonovning joriy yilning 14 oktyabr kuni olib qöyilgan litsenziyasi qaytarildi. Bu haqda yiğilişda bölib turgan “QALAMPIR.UZ” muxbiri xabar bermoqda.

Joriy yilning 9 oktyabr kuni “Özbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-şousida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senati Kengaşlarining 2019 yil 14 sentyabr kuni “Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qöşma qarori ijrosi muhokamasi davomida studiya monitorida töylardan olingan ayrim lavhalar muhokama qilindi. Bu lavhada xonanda Jahongir Otajonov bilan boğliq tasvirlar ham aks etib, iştirokçilar bunga salbiy munosabatlarini bildirişdi.
Şundan söng, xonanda Jahongir Otajonov ijtimoiy tarmoq orqali çiqiş qilib, “Ollaring mani litsenziyamni, maza qillaring, agar şu bilan madaniyatli bölsalaring. Man xursand bölaman... xalq madaniyatli bölib ketib qolsa şu bilan...” qabilida turli fikrlar bildirdi. Oradan köp ötmay, “Özbekkontsert” Jahongir Otajonovni litsenziyasidan mahrum etgandi.
Darvoqe, yiğilişda xonandaning özi iştirok etmagan. Qalampir.uz Tahririyati









