Jahongir Ortiqxöjayevning vaktsina olişi vaqtidagi bahsli holatga izoh berildi

Jahongir Ortiqxöjayevning vaktsina olişi vaqtidagi bahsli holatga izoh berildi

Toşkent şahar hokimligi Jahongir Ortiqxöjayevning koronavirusga qarşi vaktsina oliş jarayoni aks etgan videoyozuv yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan munozaralar böyiça izoh berdi. 17 iyul kuni eʼlon qilingan videoda poytaxt hokimi özbek-xitoy vaktsinasi bilan emlanayotgani körsatilgan edi.

Hokimlik matbuot xizmatidan «Daryo»ga maʼlum qilişlariça, hokimning aslida boşqa vaktsina bilan emlangan bölişi yoki umuman vaktsina olmagan bölişi mumkinligi haqidagi gap-sözlar asossiz. Kadrlarda şprits özgarib qolganiga quyidagiça izoh berildi:

«Şprits ignasi ingiçka bölgani sabab, uni flakon qopqoğiga tiqib, vaktsinani şpritsga tortiş vaqtida baʼzan uçi qayrilib qolişi mumkin. Qayrilib qolgan igna uçi emlanuvçining tanasiga kiriş vaqtida noqulaylik tuğdiradi. Şunday bölmasligi uçun birinçi işlatilgan igna olib taşlanib, boşqasiga almaştiriladi», – deyiladi hokimlik izohida.

×