Toşkent şahri va Namangan viloyatida yetti nafar notariusning litsenziyasi töxtatildi

Toşkent şahri va Namangan viloyatida yetti nafar notariusning litsenziyasi töxtatildi

Toşkent şahri va Namangan viloyati adliya boşqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining tegişli qarorlariga asosan notarius töğrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi uçun 7 nafar xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslarning litsenziyalari töxtatilgan. Bu haqida Adliya vazirligining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi maʼlumotiga tayanib «Kun.uz» xabar bergan.

Jumladan, Toşkent şahrida Mirzo Uluğbek tumanida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius Kalandarova Şoxida Atanazarovnaning (litsenziya TN № 0125, 04.05.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 5 noyabridan 3 oy muddatga;

Mirobod tumanida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius Şodmanova Moxira Furqatovnaning (litsenziya TN № 0113, 29.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 5 noyabridan 3 oy muddatga;

Uçtepa tumanida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius Taşev Xabib Xakimoviçning (litsenziya TN № 0060, 23.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 5 noyabridan 1 oy muddatga töxtatilgan.

Şuningdek, Namangan viloyati Namangan şahrida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius Raxmanov Xabibullo Nosiroviçning (litsenziya NA № 0040, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 6 noyabridan 2 oy 15 kun muddatga;

Uyçi tumanida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius Xakimov Alimardon Sobitxojayeviçning (litsenziya NA № 0032, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 6 noyabridan 2 oy muddatga;

Pop tumanida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius Azbekova Elnora Murotjonovnaning (litsenziya NA № 0036, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 6 noyabridan 2 oy muddatga;

Namangan şahrida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius Artiqov Abduraxim Abduraşidoviçning (litsenziya NA № 0033, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 6 noyabridan 1 oy muddatga töxtatilgan.

Taʼkidlanişiça, şu kungaça Andijon, Jizzax, Farğona va Samarqand viloyatlaridagi xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi 16 nafar notariusning litsenziyalari töxtatilgan. Qayd etilişiça, Adliya vazirligining maʼlumotida litsenziyalarning töxtatib turişining sabablari körsatilmagan.

Notariat töğrisidagi qonunning 15 (2)-moddasiga köra notarius Notarial palataga aʼzolik badallarini bir oydan ortiq muddat davomida tölamaganda — uç oygaça, aʼzolik badallarini tölaguniga qadar uning litsenziyasi töxtatilişi, şuningdek notarius jinoiy javobgarlikka tortilganda — u ayblanuvçi tariqasida jalb etilgan paytdan eʼtiboran va sud hukmi qonuniy kuçga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvçi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etiş töğrisida qaror qabul qilinguniga qadar, notarius qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yöqolgan deb topilganda — bedarak yöqolgan deb topiş haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar bölgan davrga uning litsenziyasi töxtatilişi mumkin.

Qolgan holatlarda litsenziyaning amal qilişini töxtatib turiş muddati olti oydan oşişi mumkin emas. Litsenziyasining amal qilişi töxtatib turilgan şaxs litsenziyaning amal qilişini töxtatib turişga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib bölmaydigan xususiyatga ega bölmasa, körsatilgan muddatda bartaraf etişi şart.

×