Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ötgan yili hokimiyatni öğli Serdar Berdimuhamedovga topşirgan va u yangi prezident bölgan edi. Endi esa undan hokimiyatni qaytarib olmoqçi. Bu haqda Xalqaro tinçlik uçun Karnegi jamğarmasining “Carnegie Politika” naşri xabar berdi.
Aytilişiça, hokimiyat tranzitini amalga oşirgan Gurbanguli Berdimuhamedov, “parda ortidan hukmronlik qilişni” reja qilgan. Biroq uning öğli prezident bölgaç, katta vakolatlarni öz qöliga olib, nufuzli qarindoşlarini taʼqib qila boşlagan. Xorijiy şeriklar ham Arqadağ bilan emas, balki u bilan aloqa örnata boşlagan. Bundan taşqari, Serdar Berdimuhamedov lavozimga kötarilişi uçun katta xizmat qilgan bir neçta vazirlarni tayinlaş orqali hukumatni yangilagan.
Bunday ikki tomonlama hokimiyat iyerarxiyada çalkaşliklarga olib keladi: na jamiyat, na davlat apparati mamlakatning haqiqiy rahbari kimligini tuşunmaydi. Masalan, Turkmaniston rasmiylari çet el safarlarida kimni kuzatib borişi va kimga hamrohlik qilmaslik kerakligi, davlat OAVlari esa birinçi navbatda kimni körsatiş haqida boş qotirmoqda.
Bu jarayonlarning barçasiga ota haqiqiy kuçni qaytariş uçun favqulodda maxsus operatsiya bilan javob berişga qaror qildi. Mart oyi oxirida Turkmanistonda parlament saylovlari bölib ötdi, undan közlangan maqsad esa mamlakatdagi parlamentni bir palatali qiliş edi. Gurbanguli Berdimuhamedov özi boşçilik qilayotgan parlamentning yuqori palatasini deyarli çeksiz vakolatlarga ega bölgan milliy oliy organga aylantiruvçi islohotlarni boşladi. Endilikda uni çetlab ötib, heç qanday özgarişlar, jumladan, kadrlar özgarişini amalga oşirişning iloji bölmaydi va natijada Prezident öz taʼsiri böyiça vazirlar bilan bir darajaga tuşib qoladi.
Agar biron sababga köra davlat rahbari öz vazifalarini bajara olmasa, ular avtomatik ravişda yangi milliy yuqori palata raisiga, yaʼni Gurbanguli Berdimuhamedovga ötadi.
“Turkmanistonda hokimiyatning otadan öğilga va aksinça öğildan otaga ötişi haqidagi hikoya kulgili tuyulişi mumkin, ammo bu avtoritar tizimlarda tranzit jarayoni naqadar nozik ekanligiga nodir misoldir”, deyiladi xabarda.
manba: qalampiruz









