Qalbaki valyutafuruşlar foş qilindi

Qalbaki valyutafuruşlar foş qilindi

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamentining Namangan viloyati boşqarmasiga qalbaki valyuta sotiş bilan şuğullanayotgan şaxslar töğrisida kelib tuşgan maʼlumot asosida Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boşqarmasi va huquqni muhofaza qiluvçi idoralar hamkorligida ötkazilgan maxsus tadbir öz natijasini berdi.

Olib borilgan tezkor suriştiruv işlarida bunday jinoiy xatti-harakatlar boşida Namangan şahrida yaşovçi Saidakbar va Yosin ismli fuqarolar turgani maʼlum böldi. Şundan söng Yangiqörğon tumani Örikzor köçasida harakatlanayotgan davlat raqami 30 Z 824 FA bölgan Sultonboy Ğaipboyev boşqarib borayotgan “Lasetti” avtomaşinasini töxtatib, undagi yölovçilar (şu tumanda istiqomat qiluvçi Namangan şahri, 4-kiçik tumanda istiqomat qiluvçi Saidakbar Qosimov hamda Namangan şahri Tinçlik mahallasida yaşovçi Yosinxon Usmonov) nazorat tartibida tekşirilganda ularning yonidan daströmolga öralgan 20 ta 100 AQŞ dollari kupyurasidan iborat jami 2000 dollar pul çiqdi. Maxsus tekşiruvlar esa aşyoviy dalil sifatida olingan kupyuralarning qalbaki ekanligini körsatdi. Huquqbuzarlar pulni Çortoq tumanida yaşovçi Sardor ismli şaxsdan 900 dollarga sotib olgani va keyinçalik qayta sotiş niyatida ekanligiga iqror bölişdi.

Tezkor guruh tomonidan Çortoq tumanining Mustaqillik köçasi böylab harakatlanayotgan, davlat raqami 40 A 744 NA bölgan “Lasetti” rusumli avtomaşinada ham tekşiruv ötkazildi. Maşinani boşqarib borayotgan, Farğona viloyati Qöqon şahrida yaşovçi 1993 yilda tuğilgan M.Nöʼmonov yonidan 1 ming 700 dollar borligini aytib, daftar orasidagi 17 dona 100 dollarlik kupyurani öz ixtiyori bilan körsatadi. Ne ajabki, bu pullar ham qalbaki bölib çiqdi. Suriştiruvda M.Nöʼmonov Sardor ismli şaxs bilan oldindan til biriktirgani va valyutani qayta sotiş niyatida bölganligini tan oldi.

Şu örinda aytib ötiş joizki, Sardor avval ham Jinoyat kodeksining 176-moddasiga muvofiq aybdor deb topilib jinoiy javobgarlikka tortilgan. Toşkent şahri Bektemir tumani sudi tomonidan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Qilmişidan xulosa çiqarmagan Sardor yana qayta jinoyatga qöl urdi. Tergov jarayonida aniqlanişiça, bu huquqbuzarlikning yana bir iştirokçisi bor ekan. U Qirğiziston Respublikasining Öş şahrida yaşovçi “Nurbek” ismli şaxs bölib, mamlakatimiz hududiga ötkazgan qalbaki kupyuralarni sotiş töğrisida özaro jinoiy reja tuzgan.

Suriştiruv vaqtida maʼlum bölganidek, Sardor Ergaşev va Muhammadtemur Nöʼmonov oldindan özaro jinoiy til biriktirib, guruh bölib, qalbaki çet el valyutasini sotişni rejalaştirgani uçun endi qonun oldida javob beradi.

×