Donald Tramp AQŞ prezidentlari orasida impiçment eʼlon qilingan uçinçi prezident böldi. Tramp prezidentlik vakolatlarini davom ettiriş-ettirmasligi Senat kelasi yilning yanvarida qabul qiladigan qarorga boğliq.
Kongressda ikki ovoz beriş jarayoni ötkazilgan. Har birida taqdim etilgan ayblovlar körib çiqilgan.
Öz vakolatlarini suiisteʼmol qilganligi haqida ayblov 230 ovoz olgan. 197 ovoz bunga qarşi bölgan.
Kongress işiga tösqinlik qiliş ayblovi 229 ovoz olgan bölsa, 198 kişi qarşi çiqqan.
Impiçment eʼlon qiliş uçun ikki ayblov moddalaridan biri 216 ovoz töplaşi yetarli böladi.
Ammo uşbu ovoz beriş natijalari Tramp öz lavozimini tark etişga majburligini anglatmaydi. Şuningdek, u navbatdagi saylovlarda iştirok etişiga tösqinlik qilmaydi.
Trampning özi esa impiçment jarayoni doirasidagi keyingi qadamlarga tayyorligini va senatda töliq oqlanişiga işonçi komilligini aytgan.









