«Investitsiya vizasi» egalariga 10 yillik yaşaş guvohnomasi beriladi

«Investitsiya vizasi» egalariga 10 yillik yaşaş guvohnomasi beriladi

Hukumatning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi (864-son, 11.10.2019 y.).

Prezidentning 2019 yil 17 yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan xorijiy investitsiya kiritgan şaxslar uçun «investitsiya vizasi» joriy etilgan bölib, kiritilgan qöşimçalarga muvofiq uşbu vizani beriş tartibi va u bilan boğliq imtiyozlar belgilandi.

Jumladan, investitsiya vizasi içki işlar hududiy organlari tomonidan beriladi va uzaytiriladi.

Vizani oliş va uzaytiriş uçun xorijiy investitsiya iştirokidagi korxona iltimosnomasi, kiritilgan investitsiya töğrisidagi maʼlumotnomalardan birini ilova qilgan holda belgilangan şakldagi anketa bilan murojaat qilinadi.

Şuningdek, investitsiya vizasiga ega bölgan xorijiy investorlar va ularning oila aʼzolari respublika OTMlarida öqiş davrida Özbekiston fuqarolari uçun nazarda tutilgan şartlarda stipendiya hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni olişga haqlidirlar.

Kiritilgan özgartirişlarga köra, 3 mln AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritgan çet el fuqarosiga 10 yil muddatga Özbekistonda yaşaş guvohnomasi beriladi (ilgari barça çet el fuqarolari uçun 5 yil muddatga berilgan).

×