Markaziy Osiyoda umumiy “Şengen” vizasi taşkil etilişi mumkin

Markaziy Osiyoda umumiy “Şengen” vizasi taşkil etilişi mumkin

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida umumiy umumiy amal qiluvçi yagona turistik viza taşkil etilişi mumkin. Bu haqda keça, 31 iyul kuni Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Çölponota şahrida ötayotgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining norasmiy maslahat uçraşuvida maʼlum qildi.

Qirğiziston yetakçisining qayd etişiça, Qozoğiston va Özbekiston tomonlari Markaziy Osiyo mamlakatlari böylab sayohat qilmoqçi bölgan xorijliklar uçun yagona turistik vizani joriy etiş böyiça Qirğiziston taşabbusini qöllab-quvvatlagan.

Şuningdek, Sadir Japarov öz nutqida mazkur taşabbusni mintaqadagi barça mamlakatlar tomonidan qöllab-quvvatlanişiga umid bildirgan. Bordi-yu, bu taşabbus qöllab-quvvatlansa va işga tuşsa, xorijiy turistlar birgina viza bilan (huddi, Yevropa “Şengen” vizasi kabi) butun Markaziy Osiyo hududi böylab heç qanday tösiqlarsiz harakatlanişi mumkin böladi.

Maʼlumot uçun, 30 iyuldan 1 avgustga qadar davom etayotgan norasmiy maslahat uçraşuvida Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda Özbekiston yetakçisi Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda.

Uçraşuvda savdo, energetika, turizm, transport yölaklari, madaniy-gumanitar hamkorlik, şuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilinmoqda.


×