Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ötkazilgan davlat mukofotlarini topşiriş marosimida mukofotlanganlarni yana bir bor tabrikladi.
Davlat rahbari davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va körsatgan jasorati alohida eʼtirofga munosib ekanini taʼkidladi.
Şu kunlarda hududlarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoşlarga ham samimiy tabriklar yöllandi.
Prezident mukofotlanganlar orasida Özbekistondagi islohotlarni qöllab-quvvatlab, mamlakatga yirik sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar ham borligini qayd etib, ularga minnatdorlik bildirdi.
Şundan söng Şavkat Mirziyoyev davlat mukofotlarini öz egalariga tantanali ravişda topşirdi.
«Köksingizga yaraşib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoşlarimiz sizlarga öxşaşga intiladi. Bu sizlarga kelgusi işlaringizda yangi kuç-ğayrat va ilhom beradi deb işonaman», – dedi Prezident marosim yakunida.









