AQŞ talabalar vizasi uçun suhbatlarni töxtatdi – OAV

AQŞ talabalar vizasi uçun suhbatlarni töxtatdi – OAV

AQŞ hukumati xorijiy talabalarning viza olişi bilan boğliq suhbatlarni vaqtinça töxtatdi. Bu haqda “Politico” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati xorijlik talabalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali yanada çuqurroq tekşiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Davlat kotibi Marko Rubio imzolagan hujjatga köra, yangi talab sifatida AQŞda öqiş istagini bildirgan barça talabalarni majburiy ijtimoiy tarmoq tekşiruviga jalb etiş taklif etilmoqda. Bu amaldagi çoralarni sezilarli darajada kengaytiradi.

Yangi tizimga tayyorgarlik sifatida AQŞ elçixonalari va konsulliklariga talabalar vizasi uçun yangi suhbatlarni belgilaş vaqtinça töxtatiş buyurilgan. Agar uşbu çora joriy qilinsa, bu AQŞ universitetlariga kuçli taʼsir körsatişi mumkin. Çunki köplab oliy öquv yurtlari aynan xalqaro talabalarning tölovlariga moliyaviy jihatdan katta darajada qaram.

Naşr manbalariga köra, ilgari ham Bayden maʼmuriyati ayrim ijtimoiy tarmoq tekşiruvlarini joriy qilgan edi, biroq bu asosan Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlariga qarşi norozilik namoyişlarida qatnaşgan, AQŞga qaytmoqçi bölgan talabalarni qamrab olgan edi.

Hozirça talabalarning ijtimoiy tarmoqlari qanday mezonlar asosida tekşirilişi nomaʼlum. Biroq hujjatda Trampning terrorizmga va antisemitizmga qarşi kuraş haqidagi farmonlari tilga olingan.


Teglar:
×