Erkak 19 yoşli xotinini spirtli içimlik içgani uçun piçoqladi

Erkak 19 yoşli xotinini spirtli içimlik içgani uçun piçoqladi

Toşkent şahrida eri tomonidan piçoqlangan 19 yoşli ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa 11 oktyabr kuni soat 23:30 larda yuz bergan.

Sergeli tumani Sputnik 2-dahasida yaşovçi fuqaro 1992 yilda tuğilgan Ahmad A. turmuş örtoği 2000 yilda tuğilgan Lola A. tumanning «Zodiak» kafesida spirtli içimlik içib ötirganligi sababli u bilan özaro janjallaşib qoladi. Ahmad. A janjal oqibatida özi bilan olib kelgan oşxona piçoği bilan Lola A.ning qorin, bel va kökrak qafasiga bir neça marotaba urib, voqea joyidan yaşiringan. Körsatilgan tibbiy yordam natijasida Lola A.ning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Ahmad A.ga nisbatan JK 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va u protsessual tartibda uşlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

×