Lukaşenko Şavkat Mirziyoyev spirtli içimlik içmasligini aytdi

Lukaşenko Şavkat Mirziyoyev spirtli içimlik içmasligini aytdi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning aytişiça, Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv çoğida davlat rahbarlari spirtli içimlik içmagan – faqat şarbat içişgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni ikki kunlik rasmiy taşrif bilan Minskka bordi. Şu kuni keçqurun davlat rahbarlari yakkama-yakka uçraşuv va norasmiy keçki ovqat ötkazgan. 9 iyul kuni ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bölib ötgan.

Rasmiy kutib oliş marosimidan söng birgalikda suratga tuşiş marosimi ötkazildi. Suratga tuşib bölgaç, tik oyoqda jurnalistlar bilan muloqot qilgan Prezident Lukaşenko “Ahvolimiz yaxşimi, qanday körinyapmiz?” deb söragan. 

“Körinişimiz yaxşi, şundaymi? Keça içmadik. Şarbat, faqat şarbat. [Özbekiston] prezidenti içmaydi”, deya hazillaşgan Belarus rahbari.

Eslatib ötamiz, muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi.


×