Toşkent tumanida er sobiq xotinini piçoqladi

Toşkent tumanida er sobiq xotinini piçoqladi

Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudining qaroriga asosan javobgar S.B. turmuş örtoği V.B.ni uyga kiritiş töğrisidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosiga yuborilgan.

Byuro tomonidan sudning ijro varaqasida körsatilgan Şayxontohur tumanida joylaşgan manzildagi uyga V.B.ni kiritiş yuzasidan 2021 yil 30 noyabrda ijro harakati tayinlangan hamda tegişli taşkilotlarga xabarnoma jönatilgan.

Şundan söng, qarzdor S.B. undiruvçi bilan özaro kelişiş va ijro hujjatida körsatilgan Şayxontohur tumanidagi uy örniga boşqa uyni sobiq turmuş örtoğiga körsatiş maqsadida, Toşkent tumani hududidagi manzilga davlat ijroçisi K.E. va undiruvçi V.B.larni taklif qilgan.

Mazkur taklifga asosan yuqoridagi manzilga undiruvçi, qarzdor, davlat ijroçisi K.E., mahalla faollari va undiruvçining onasi L.X. va özining tanişlari bilan birga borişgan.

Manzilga yetib borgandan söng, qarzdor S.B. undiruvçi V.B. va uning onasi L.X. bilan (sobiq turmuş örtoği va qaynonasi) uy masalasida tortişib qoladi, davlat ijroçisi K.E. vaziyatni yumşatiş uçun ijro harakatlarini keyingi vaqtga qoldirib, undiruvçi V.B. va uning onasi L.X.larni manzildan ketişga çaqiradi.

Şunda, javobgar S.B. undiruvçi V.B. hamda uning onasi L.X.lar bilan özaro tortişişi oqibatida, nizo kelib çiqqan va qarzdor yonidagi piçoq bilan undiruvçi V.B.ga taşlanib, uning qorniga 3 marotaba jarohat yetkazgan.

Davlat ijroçisi K.E.ning harakatlari sababli, qarzdor özining jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmagan va u voqea joyidan qoçib ketgan. Fuqaro V.B. esa zudlik bilan Toşkent tibbiyot akademiyasi qabul bölimiga olib borilgan, birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan.

Hozirda S.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.

×