Ijtimoiy tarmoqlarda "Bozorlardan birida ayol kişi bir neça erkak tomonidan ayovsiz tahqirlandi" izohi bilan tarqalgan videotasvir yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Joriy yilning 5 iyun kuni Yangiqörğon tumanida yaşovçi, spirtli içimlikka ruju qöygan va janjalkaş şaxs sifatida tuman IIBning profilaktik hisobida turuvçi G. T. Çortoq tumaniga mast holda borib, Çortoq şahar avtoşoh bekatida heç qanday sababsiz janjal kötargan va hududdagi dökon va boşqa obʼektlarning oynalarini sindirib, dökonlarga ziyon, öziga esa tan jarohati yetkazgan.
Şu yerda işlovçi somsapazning idişlarini ham sindirib taşlagandan söng, somsapaz 1988-yilda tuğilgan X.Yu. ayolga bu yerdan ketişini tuşuntirgan, biroq ayol spirtli içimlik talab qilib, janjal kötarişda davom etgan.
Şundan söng X.Yu. ayolning soçidan tortib, uni bekatdan taşqariga olib çiqiş uçun sudragan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fuqaro X.Yu. esa vaqtinça maʼmuriy tartibda uşlangan.
Suriştiruv işlari yakuniga yetgaç holat yuzasidan qöşimça maʼlumot beriladi, deydi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati öz munosabatida.









