2019 yilning 14 sentyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengaşining (Turk Kengaşi) Boş kotibi Bagdad Amreyev Özbekistonning 2009 yilning 3 oktyabr kuni imzolangan “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan Bitimini ratifikatsiya qilgani haqida bayonot berdi. Mazkur Bitimning ratifikatsiyasi töğrisidagi qonun 2019 yilning 14 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinçi yalpi majlisida tasdiqlangan va ayni kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangandi.
Taşkilotning huquqiy tamali bölgan Naxiçevan bitimi imzolanganining 10 yilligi arafasida Özbekistonning Turk Kengaşiga tölaqonli aʼzo sifatida qabul qilinişi alohida ramziy ahamiyat kasb etadi. Çunki 2019 yilning 15 oktyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida bölib ötişi kutilayotgan Turk Kengaşining yettinçi sammiti arafasida Özbekistonning taşkilotga aʼzo bölişi bilan birga Mojaristonda Turk Kengaşi vakolatxonasining oçilişi va Turkmanistonning esa taşkilotda kuzatuvçi sifatida iştirok etişga qaror qilgani Turk Kengaşi tarixida yangi davr boşlanganidan dalolat bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yilning 30 aprel kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon bilan Toşkentda ötgan uçraşuv arafasida Özbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengaşiga qöşilişini maʼlum qilgan edi. Uşbu bayonot ortidan ötgan yilning 3 sentyabr kuni Qirğizistonning Çölpon ota şahrida ötgan Turk Kengaşining oltinçi sammitida faxriy mehmon sifatida qatnaşgan Şavkat Mirziyoyev öz nutqi davomida “Mamlakatlarimiz dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarda özaro mos yoki yaqin qaraş va yondaşuvlarga amal qilib kelmoqda. Ayni vaqtda xalqlarimizning hayotiy manfaatlariga töla javob beradigan iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport va kommunikatsiya, turizm, ilm-fan va taʼlim kabi sohalarda özaro hamkorlik faol rivojlanmoqda”, deya qayd etgandi.
Aslini olganda Çölponota Sammitini Turk Kengaşi tarixida yangi davrning boşlanğiç nuqtasi sifatida taʼriflaş mumkin. Çunki bu Sammit quyidagi ikkita jihati bilan alohida ahamiyat kasb atadi:
Birinçidan, 2015 yil 10 sentyabr kuni bölib ötgan Turk kengaşining beşinçi sammitidan söng Qirğiziston va Turkiya orasida yuzaga kelgan sovuqçilik tufayli Qirğizistonda bölib ötişi rejalaştirilgan oltinçi sammit keçiktirilgandi. Sammitning keçiktiriliş sababi haqida Qirğiziston Taşqi Işlar Vazirligi rasmiy vakili Ayimkan Kulukeyeva taşabbusning Qirğiziston tarafidan ilgari surilganini bildirgandi. 2017 yil 15 oktyabr kuni bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan söng Qirğizistonning yangi prezidenti Sööronbay Jeyenbekov iqtidorga kelişi ortida Turk Kengaşi doirasida hamkorlikni kuçaytiriş masalasi takror kun tartibiga olib çiqildi. 2018 yilning 21 iyun kuni Qirğiziston Prezidenti Sööronbay Jeyenbekov Turk Kengaşning oltinçi sammitini ötkaziş töğrisidagi qarorni imzoladi va Sammitning taşkiliy qömitasi tuzildi. Şu maʼnoda Sammitning ikki yillik keçikiş ortidan ötkazilişini Turk Kengaşi tarixida yangi sahifa sifatida baholanişi mumkin.
Ikkinçidan, Turk Kengaşining oltinçi sammitiga tayyorgarliklar davom etarkan mintaqada alohida mavqega ega bölgan Özbekistonning Turk Kengaşiga aʼzo bölişi haqidagi fikr va munozaralar matbuot markazida örin oldi. 2018 yilning 29 aprel – 3 may kunlari Turkiya Prezidenti Rajap Toyyip Erdöğonning Özbekistonga rasmiy safari çoğida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turk Kengaşiga aʼzolik borasidagi fikrlari turk dunyosi xalqlari tomonidan mamnuniyat bilan qarşi olingandi. Şu bilan birga prezident Şavkat Mirziyoyevning Turk Kengaşi oltinçi sammitida faxriy mehmon sifatida iştirok etişi Özbekistonning Kengaşga aʼzolik yölidagi jiddiy bir qadam böldi.
Özbekistonning Turk Kengaşiga aʼzoligining öz-özidan olingan qaror bölmaganini taʼkidlaş lozim. Ungaça bölgan tadrijiy jarayonlarga qaralsa 2017 yilning 7 fevralida tasdiqlangan “2017-2021 yillar Harakatlar strategiyasi”da Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikning kuçaytirilişi taşqi siyosatdagi asosiy ustuvor yönaliş sifatida belgilab qöyilganini köriş mumkin. Zero Şavkat Mirziyoyevning iqtidorga kelişi ortidan qilgan ilk faoliyati qöşni davlatlar bilan aloqalarni mustahamlaş böldi. Şu nuqtai nazardan Özbekiston uçun Turk Kengaşiga aʼzoligiga oid masala ham birinçi navbatda, uşbu taşkilot doirasida mintaqa davlatlari bilan aloqalarni yanada mustahkamlaş va özaro muammolarni hal qiliş uçun qöşimça platformada iştirok etiş sifatida talqin qilişini mumkin.
Mintaqa taşqarisidagi Turk Kengaşning qolgan ikkita aʼzosi bölgan Turkiya va Ozarbayjon bilan ham döstona aloqalar yangi bosqiçga çiqdi deyiş mumkin. Ayniqsa, Turkiya bilan munosabatlarga töxtalganda, oradan 18 yil ötib, 2017 yilning 25-27 oktyabr kunlari Prezident Şavkat Mirziyoyevning Turkiyaga safar qilişi ikki tomonlama aloqalarning yanada mustahkamlanişida muhim qadam böldi. Ötgan qisqa davr mobaynida Turkiya bilan savdo-tijoriy aloqalarining keskin bir tarzda ortgani körilmoqda. Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalari kengayib borayotgan ayni paytda Özbekistonda 500 ga yaqin turk firma va kompaniyalari faoliyat yuritayotgani va özaro savdo aylanmasining 2 milliard dollarga yetgani buning yaqqol dalilidir. Qisqaça aytganda Özbekistonning Turk Kengaşiga aʼzoligi köp vektorli taşqi siyosat doirasida qardoş xalqlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan deyiş mumkin.
Şu örinda Çölponota Sammiti oldidan va undan keyin berilgan bayonotlar va bildirilgan fikrlarda Özbekistonning Turk Kengaşiga aʼzoligining ahamiyati alohida urğulangani diqqatga sazovordir. Jumladan, Turk Kengaşi Boş kotibi örinbosari Ömar Kojaman Özbekistonning taşkilotga aʼzolining ahamiyatini quyidagiça ifoda etadi:
“Turk Kengaşiga Özbekistonning va Turkmanistonning qöşilişi juda muhim mavzudir. Özbekiston boy tarixiy merosi, aholisi va dinamizmi bilan Turk Kengaşining mustahkamlanişiga juda katta hissa qöşiş salohiyatiga ega. Özbekistonning aʼzo bölişi bilan Turk Kengaşi iqtisodiyot, taʼlim, sport, turizm va transport sohalarida keng qamrovli loyihalarni amalga oşiradi. Özbekistonning iştiroki Turk Kengaşiga kuç beradi. Turk Kengaşi Özbekistonning iştiroki bilan mintaqaviy va xalqaro barqarorlikning mustahkamlanişiga muhim hissa qöşadi”.
Bildirilgan fikrlardagi umumiy jihat esa Özbekistonning Turk Kengaşiga aʼzoligi Turk Kengaşi doirasidagi ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning yanada rivojlanişi hamda taşkilotning institutsional tuzilma sifatida mintaqaviy va xalqaro mavqeining yuksalişiga xizmat qilişi bilan boğliqdir. Bunday yondaşuv quyidagi omillar bilan izohlanişi mumkin:
- Demografik omil. 33 millionlik aholiga ega bölgan Özbekiston taşkilotda Turkiyadan söng ikkinçi davlat sanaladi. Umumiy aholi sonining ortişi har qanday xalqaro tuzilmaning xalqaro aloqalardagi örnini mustahkamlaydigan muhim jihat sanaladi. Şu bilan birga, Özbekiston kabi köp sonli aholiga ega davlatning taşkilotga aʼzo bölişi taşkilot doirasidagi özaro aloqalarga ham taʼsir körsatadi. Bu birinçi navbatda Turk Kenaşi doirasida amalga oşiriladigan ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarning amalga oşirilişida yaqqol namoyon böladi.
- Jöğrofiy omil. Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining markazida joylaşgan bölib mintaqaning barça davlatlari bilan çegaradoşdir. Şu maʼnoda Özbekistonning Turk Kengaşidagi iştiroki asosan Xitoy va Yevropa örtasida rivojlanayotgan tijoriy faoliyatlar natijasida ahamiyati yanada ortayotgan “markaziy yölak”ning barqarorligi nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda “markaziy yölak”ka muqobil bölgan “janubiy yölak”ning ham Qozoğiston, Özbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya hududlaridan ötişi uşbu davlatlar orasidagi transport aloqalarning yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
2018 yilning 12 avgust kuni Qozoğistonning Aqtau şahrida bölib ötgan Kaspiy dengizi davlatlari sammitida Kaspiy dengizning huquqiy statusi borasida kelişuvga erişilgandi. Şartnomaning imzolanişi ortidan Kaspiy dengizi orqali ötadigan Şimol-Janub yölagini işga tuşiriş borasida işlar boşlab yuborildi. Şu nuqtai nazardan Özbekistonning Kengaşga aʼzo bölişi esa “markaziy yölak”ning aktiv holga kelişi va “janubiy yölak”ka boğlanişiga imkon yaratadi. Şu sababli ham Turk Kengaşining oltinçi sammitidagi nutqi mobayda Qirğiziston Prezidenti Sööronbay Jeyenbekov, “Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston” temir yölining barpo etilişiga doir loyihaning amalga oşirilişi uçun Özbekistonning Turk Kengaşidagi iştirokining öta muhim ekanini alohida taʼkidlagandi.
- Harbiy omil. Markaziy Osiy mintaqasining eng kuçli armiyasiga ega bölgan Özbekistonning Turk Kengaşga aʼzo bölişi ayni paytda mintaqada tinçlikning saqlanişi va harbiy sohadagi hamkorlikning kuçayişiga imkon yaratadi. Boşqa söz bilan aytganda, hozirda ikki tomonlama aloqalar doirasida rivojlanayotgan mazkur sohadagi hamkorlik Turk Kengaşi doirasida köp tomonlama saviyaga yuksalişi mumkin. Şu örinda Özbekiston va Turkiya orasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning yangi poğonaga yuksalganini kuzatiş mumkin. Xususan, Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi maxsus otryadi va Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi örtasidagi hamkorlik aloqalarini yana rivojlantiriş böyiça tuzilgan amaliy harakatlar Rejasi “Yöl xaritasi”ni amalga oşiriş yuzasidan 2018 yilning 5-17 avgust kunlari Jizzax viloyatidagi “Foriş” toğ poligonida Milliy gvardiya maxsus otryadi va Turkiya Jandarmeriyasi örtasida özbek-turk hamkorlik treninglari bölib ötdi.
- 4. Turizm omili. Turk Kengaşning 2014 yil iyun oyida Bodrum şahrida bölib ötgan Sammitida “Zamonaviy Ipak yöli turistik paketi” joriy qilingandi. Buxoro, Samarqand va Xiva dunyo madaniy merosining muhim şaharlariga ega bölgan Özbekistonning Turk Kengaşga aʼzo bölişi boşqa sohalarda bölgani kabi turizm sohasidagi hamkorlikni ham yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.
Şu örinda, Özbekiston rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirişni taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq, turizm sohasining mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoği sifatida belgilanganini qayd etiş lozim. Prezidentning 2017 yil 16 avgustdagi qarori bilan 2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Ayniqsa 2018 yilning 10 fevralidan boşlab Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Isroildan kelayotgan turistlarga 30 kungaça vizasiz bölişga ruxsat berilişi Özbekistonning turizm salohiyatidan unumli foydalanişga astoydil bel boğlaganining isboti sifatida baholanişi mumkin.
- Iqtisodiy omil. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turk Kengaşining oltinçi sammitida qilgan nutqida Özbekistonda investorlarga berilayotgan imkoniyatlarga alohida urğu berarkan Toşkentda Turk Kengaşining Iş Forumini taşkil qilişga çaqirgandi. Şu bilan birga Şavkat Mirziyoyev ötgan yil mobaynida Özbekiston va Turk Kengaşi aʼzo davlatlari orasidagi savdo hajmining 40%ga yuksalganini taʼkidlagandi.
Özbekistonning Turk Kengaşiga aʼzo bölişining mamlakat iqtisodiyoti uçun ahamiyatining yana bir muhim jihati Özbekistonning qolgan aʼzolarga nisbatan iqtisodiy jihatdan eng qulay mavqeda ekani bilan izohlanişi mumkin. Ötgan davrda Turk Kengaşi doirasidagi iqtisodiy loyihalarga nazar taşlanadigan bölsa quyidagi sabablar tufayli loyihalarning amalga oşirilişida tösqinliklarga duç kelinganini kuzatiş mumkin:
- Aʼzo davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlaridagi farqning kattaligi. Birinçi navbatda Qirğiziston va Turkiyaning iqtisodiy salohiyati orasida juda katta farq borligini taʼkidlaş lozim.
- Aʼzo davlatlarning turli iqtisodiy bloklardagi iştiroki. Bunga misol sifatida Qirğizistonning iqtisodiy va harbiy sohada ikkita kuçli davlat bölgan Xitoy va Rossiya bilan qalin aloqada ekanini keltiriş mumkin.
- Qirğiziston va Qozoğistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzoligi.
- Aʼzo davlatlar milliy iqtisodiyotining şakllanişidagi farqlar. Masalan Qozoğistonning iqtisodiyoti asosan tabiiy gaz va neft eksportiga boğliq bölsa Turkiya iqtisodiyotining esa asosan sanoat maxsulotlari eksportiga tayanganini köriş mumkin. Şu sababli ham ikki davlatning iqtisodiy maqsadlari farqlidir.
Özbekistonning Turk Kengaşidagi iştiroki farqli iqtisodiy salohiyatlar va iqtisodiy siyosatlar nuqtai nazaridan taşkilot doirasidagi hamkorlikning rivojlanişida alohida ahamiyat kasb etadi. Zero Özbekiston iqtisodiyotidagi diversifikatsiya holati hisobga olinganda Turk Kengaşi doirasidagi iqtisodiy hamkorlik sohalarida nisbatan erkin qarorlar oliş imkoniyatiga egadir. Ayni paytda tabiiy qazilma boyliklariga ega böliş bilan birga Özbekiston 33 millionlik aholiga ega bölgan mintaqaning muhim isteʼmol bozori sanaladi.
Xulosa örnida taʼkidlaş kerakki, Özbekistonning Turk Kengaşiga aʼzoligi yangi davr nuqtai nazaridan ham alohida ahamiyatga molikdir. Çunki xalqaro konʼekturadagi özgarişlar va köp qutbli dunyoga ötiş jarayonlarida Özbekistonning Turk Kengaşiga aʼzo bölişi taşkilot misolida yangi kuç markazining şakllanişida muhim qadam böladi.









