Namangan viloyatida 16,3 trillion sömlik 1953ta loyiha amalga oşirilib, 55 ming yangi iş örni yaratiladi

Namangan viloyatida 16,3 trillion sömlik 1953ta loyiha amalga oşirilib, 55 ming yangi iş örni yaratiladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirokida Namangan şahrida viloyat va tuman hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatçilik vakillari bilan yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişda Namangan viloyatida kambağallikni qisqartiriş, taʼlim muassasalari bitiruvçilarini kasb-hunarga qamrab oliş va aholi daromadlarini köpaytiriş böyiça hozirgi ahvol puxta tahlil qilinib, amalga oşiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Bugungi kunda viloyatda ösiş nuqtalarini aniqlaş va işga soliş, şu orqali aholi farovonligini oşiriş olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim şarti hisoblanadi. Prezident bu borada viloyatda taşkil etilişi zarur bölgan işlarga alohida eʼtibor qaratdi.

Jumladan, sanoat, kiçik va örta biznes, hunarmandçilik, xizmat körsatiş sohalari viloyat iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi daromadlarini oşirişning eng muhim drayverlari böla oladi. Uşbu sohalar böyiça Namanganda katta tajriba bor. Şunga muvofiq, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali muhtoj oilalarning 12 mingdan ortiq işsiz aʼzolarini band qiliş va yil oxiriga qadar kambağal oilalar safidan çiqariş böyiça mutasaddilarga körsatmalar berildi.

Xususan, savdo va xizmat körsatiş sohasidagi 600 ta tadbirkor faoliyatini tiklaş orqali 2 mingta xodim iş joyiga qaytadi.

Davlatimiz rahbari tuman va şaharlar kesimida viloyatda xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş dasturini işlab çiqiş va uşbu loyihalar uçun 80 milliard söm mablağ ajratilişini qayd etdi.

Uşbu mablağga qöşimça ravişda yana 100 milliard söm ajratiladi. Karantin şaroitida tuşumi kamaygan tadbirkorlarni aylanma mablağ bilan taʼminlaşga 2,3 trillion söm, joriy yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişga 350 milliard söm kreditlar yönaltiriladi.

Viloyatda zargarlik sanoatini rivojlantiriş, Namangan şahrida 2 yilda 4 mingta yangi iş örni yaratilgan zamonaviy zargarlik markazi taşkil etiş, bu yerda “ustoz - şogird” tamoyili asosida işsiz yurgan yoşlarni hunarmandçilikka jalb qiliş böyiça topşiriqlar berildi.

2020-2021 yillarda Çortoq tumanini kompleks rivojlantiriş, hududdagi foydalanilmay yotgan 3 ming gektar yerni özlaştiriş va tuproq-iqlim şaroitiga mos ekinlarni joylaştiriş çoralari köriladi.

Viloyatda 2020-2021 yillarda qiymati 16,3 trillion söm bölgan 1953 ta hududiy loyiha amalga oşirilib, 55 ming yangi iş örni yaratiladi. Şundan joriy yilda umumiy qiymati 8,3 trillion söm bölgan 1652 ta loyiha hayotga joriy etilib, 35 mingta yangi iş örni taşkil etiladi.

Bugungi kunda Yevropadagi maşhur brendlar Namanganning kostyum-şimlarini tan olmoqda. Şu bois, yirik töqimaçilik korxonalariga yer ajratilib, viloyatda paxtani çuqur qayta işlaş va tayyor mahsulot işlab çiqarişga ötilmoqda.

Prezident paxta-töqimaçilik klasterlari uşbu eʼtiborga munosib harakat qilişi, köproq daromad olib, odamlarni iş bilan taʼminlaşi zarurligini taʼkidladi.

Viloyatda quyonçilik, asalariçilik, çorvaçilik, parrandaçilik böyiça istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş belgilandi. Xususan, Namangan tumanida 4806 ta xonadonda issiqxonalar taşkil etiş, yil oxirigaça çorvaçilik yönalişida qiymati 386 milliard söm bölgan 84 ta loyihani amalga oşirişni yakunlaş topşirildi.

Bunda çetdan 13 ming boş naslli qoramol, 13 ming boş jön yönalişidagi eçki va şunça qöy olib kelinib, Pop va Çust tumanlaridagi xonadonlarga tarqatiladi. Yillik quvvati 10 ming tonna sut va ming tonna göştni qayta işlaş böyiça yangi quvvatlar işga tuşiriladi.

Yiğilişda uy-joy, infratuzilma qurilişi, aholini içimlik suv bilan taʼminlaş, taʼlim, madaniyat sohalarini rivojlantiriş, inqirozga qarşi xalqaro moliya institutlari mablağlarini jalb qiliş, yangi korxonalarni barpo etiş böyiça investitsiya loyihalarini köpaytiriş, eksportni kengaytiriş yuzasidan vazifalar belgilandi.

Namangan viloyati nufusi yildan-yilga kengayib bormoqda. Bu esa hududni demografik boşqariş, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda qiyinçilik tuğdirmoqda. Şu munosabat bilan Prezidentimiz Namangan şahri tarkibida Davlatobod tumanini qayta taşkil etişni taklif qildi.

– Namanganning faol, mehnatkaş, ilmli xalqi yaxşi yaşaşga munosib. Buning uçun davlatimiz barça imkoniyatlarni işga soladi, – dedi pirovardida Şavkat Mirziyoyev.

Tadbirda Boş vazir örinbosarlari, vazirlar, iqtisodiyot tarmoqlari mutasaddilari, hokimlar hisoboti eşitildi.

×