Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti ölaroq iş boşlagan ilk kunlardanoq norasmiy taqiq ostida bölgan madaniyat va sanʼat, adabiyot sohasi vakillarining bağriga şamol tegdi. Yillab “zapret”da bölgan sanʼatkorlarga qöyilgan taqiqlar olib taşlandi. Biroq, ular orasida birgina xonanda Ozoda Nursaidovaga bu baxt nasib etmagandi. Şu kungaça Ozoda Nursaidova Özbekistonda 10 yildan ortiq “zapret”da qolayotgan sanʼatkor edi. Bugun, 13 oktyabr kuni unga qöyilgan taqiqlar ham olib taşlandi.
Joriy yilning 10 oktyabr kuni xonanda Ozoda Nursaidova (Saidzoda) “Özbekkontsert” davlat muassasasiga öz ijodini keng tarğib qiliş va faoliyatini qonuniy tarzda yuritiş maqsadida kontsert-tomoşa faoliyatiga ruxsat beruvçi litsenziya sörab murojaat qilgan.
Şu munosabat bilan bugun, 13 oktyabr kuni “Özbekkontsert” davlat muassasasida ustoz sanʼatkorlar iştirokida oçiq muloqot tarzidagi davra suhbati taşkil etilib, unda xonanda Ozoda Nursaidovaning murojaati muhokama qilingan.
Davra suhbatida xonandaning bundan bir neça yillar oldin siyosiy xatoga yöl qöygani, bilib-bilmay, asoslanmagan maʼlumotlarga işonib inson şaxsiyatiga teguvçi noörin fikrlar bildirgani, bundan taşqari, muxlislarga nisbatan hurmatsizlik qilgani, sanʼatkor odobi doirasidan çetga çiquvçi harakatlar sodir etgani ustozlar tomonidan qattiq tanqid qilindi.
Şundan keyin xonanda Ozoda Saidzodaning özi ham sözga çiqib, xatolarini tan olib, bundan bir neça yillar oldin bilib-bilmay, asoslanmagan maʼlumotlarga işonib, hissiyotlarga berilib, jamoatçilik orasida özining noörin fikrlarini ommaviy axborot vositalari orqali bayon etganidan astoydil puşaymon ekanligini bildirib, şunça vaqt içida öziga töğri xulosa çiqargani, imkoniyat berilsa, bundan keyingi faoliyatida milliy estradani rivojlantirişga, özining qöşiqlari bilan xalqqa xizmat qilişga vaʼda berdi.
Söng, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevdan va xalqdan hamda barça sanʼatkorlardan uzr sörab, uni keçirişlarini, yana bir bor unga imkoniyat berişlarini iltimos qildi.
Davra suhbati yakunida barça ustoz sanʼatkorlarning fikrlari tinglanganidan söng, “Özbekkontsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining sanʼat ahliga bölgan ğamxörligi va mehribonligi hamda keçirimliligi bois garçi xonanda Ozoda Saidzoda tomonidan öz vaqtida noörin fikrlar bildirilganiga qaramasdan, Prezident tomonidan bugun uning keçirilgani hamda erkin ijod qilişiga imkoniyat yaratilgani maʼlum qilindi.Qalampir.uz Tahririyati









