Prezident Toşkentdagi 24 soat uyğoq böladigan köçani közdan keçirdi

Prezident Toşkentdagi 24 soat uyğoq böladigan köçani közdan keçirdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 10 iyul kuni Toşkent şahridagi bunyodkorlik işlari, aholining turmuş şaroitlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanişmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident poytaxtning Şayxontohur va Çilonzor tumanlarini boğlab turuvçi Bunyodkor köçasida böldi. Uşbu markaziy köçada sanʼat va madaniyat maskanlari, turli idoralar, köp qavatli uylar, supermarket va restoranlar joylaşgan. Bu salohiyatdan foydalanib, uning 1,5 kilometr qismi xizmat körsatiş va gastroturizm köçasiga aylantirildi.

Davlat rahbari jamoatçilik vakillari bilan birga bu yerdagi şaroitlarni közdan keçirdi.

“Yöl böyi obod qilingan. Ajoyib landşaft dizayni, favvoralar, turfa çiroqlar hududga yanada körk bağişlagan. Odamlar sayr qilişi, ovqatlanişi, mazmunli dam olişi uçun barça qulayliklar yaratilgan”, deyiladi xabarda. 

Bildirilişiça, şu maqsadda bu yerdagi 90 ta tadbirkorlik subʼekti tunu kun işlaş tartibiga ötkazilgan. Şundan 45 ta korxona yangi taşkil etilgan. 500 kişi iş bilan taʼminlangan.

Maʼlum qilinişiça, köçaga yondoş hududdagi Kamolon, Yangi Kamolon va Kamolon darvoza mahallalarida 18 mingga yaqin aholi yaşaydi. Bu özgarişlar, avvalo, şu insonlar turmuşida seziladi. Qolaversa, hozir bu joyga yiliga 255 ming mehmon taşrif buyurmoqda. Endi ularning sonini yiliga 1 millionga yetkaziş uçun şaroit bor.

Qayd etilişiça, sönggi yillarda Özbekistonda turizm sohasida 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor iş boşlagan. Ötgan yili xorijiy sayyohlar taşrifi ilk bor 10 milliondan oşgan. Hududlarda sayohat va servis infratuzilmasi yaxşi rivojlanayapti. Turizm qişloqlari, mehmon uylari, gastronomik köçalar qöllab-quvvatlanayati.

Poytaxtning Mirobod, Olmazor, Çilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlarida şunday gavjum köçalar taşkil etilgan. Bunyodkor köçasi mazkur turizm halqasining bir qismi böladi. Umuman, Toşkent şahrida 26 ta köçani tunu-kun işlaydigan gavjum köçaga aylantiriş, 24 soat işlaydigan savdo nuqtalarini mingtaga köpaytiriş rejalaştirilgan.

Şu yerda zamonaviy bekatlar hamda avtoturargohlar taqdimoti bölib ötdi.


×