Xonandalar Doston Ergaşov va Öktam Aliyevning mojarolari sanʼat olamida katta şov-şuvga sabab bölgan edi.
Uzoq muddatli kelişmovçiliklardan söng uşbu sanʼat vakillari özaro kelişuvga erişdilar.
Mualliflik huquqlari buzilişi holati böyiça Agentlikka çaqirilgan xonandalarga mualliflik huquqi obʼektlari moddiy mulk kabi qadrli va undan köra qiymatliroq ekanligi, muallifning asarlari xususiy mulk singari daxlsiz hisoblanişi hamda mualliflik huquqlarining buzilişi qonunçilikda belgilangan javobgarlikka sabab bölişi böyiça tuşuntirişlar berildi.
Şunga muvofiq tomonlar uşbu nizoni özaro kelişiş orqali hal qilişga qaror qilişdi. Agentlik uşbu jarayonda mediator vazifasini bajardi va buning natijasida yana bir mualliflik sohasidagi nizo bartaraf etilişiga erişildi.
Kelişuvga muvofiq «Öylamadim» qöşiğining muallifi Öktam Aliyev xonanda Doston Ergaşovga nisbatan 500 million söm miqdoridagi yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undiriş yuzasidan tegişli sudga kiritgan arizasini qaytarib oldi. Bunga javoban Doston Ergaşov muallifdan uzr sörab, hamkorlikda qöşiq kuylaş taklifini bildirgan.









