Jamoatçilik xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasini olib qöyişni talab qilyapti. Bu haqda 9 oktyabr kuni “Özbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-şousida söz borgan.
14 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşi va Senat Kengaşining “Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qöşma qarori qabul qilindi. Qaror bilan Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş töğrisidagi Nizom tasdiqlandi. “Munosabat” tok-şousining navbatdagi soni aynan uşbu qaror va Nizom ijrosiga bağişlandi.
Unda studiya monitorida xonanda Jahongir Otajonovning yerga yotgança qöşiq kuylayotgani, ustidan esa pul soçilayotgani tasvirlangan. Uşbu video Samarqand viloyati Urgut tumanida bölib ötgan töyda suratga olingan.
Körsatuvda qayd etilişiça, milliy qadriyatlarimizni toptaş, davlat ramzlari tuşirilgan pullarni soçiş qonun buzlişidan boşqa narsa emas. Agar şunday hodisa çet elda röy bersa, çora köriladi, deydi "qalampir.uz".
“Mana, sanʼatkorning ahvoli, mana, maʼnaviyat darajamiz”, deydi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Özbekiston XDP Markaziy Kengaşi raisi örinbosari Maqsuda Vorisova.
Videodagi holat böyiça körsatuvda jamoatçilik öz fikrini bildirdi. “Biz qaşşoq va boy mamlakatlar röyxatida 127-örinda turibmiz. Men öqib hayron qoldim. Biz pul soçadigan darajada emasmiz”, deydi jurnalist Quddas Aʼzam.
Eslatib ötamiz, Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi tuzilgan bölib, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Ozodbek Nazarbekov va “Özbekkontsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov mazkur komissiya aʼzolari hisoblanadi.









