Yuliy Yusupov: «Sizlar aholi salomatligi haqida emas, balki korruptsiyalaşgan bojxonaçilar çöntagi haqida qayğuryapsiz»

Yuliy Yusupov: «Sizlar aholi salomatligi haqida emas, balki korruptsiyalaşgan bojxonaçilar çöntagi haqida qayğuryapsiz»

Taniqli iqtisodçi Yuliy Yusupov Soğliqni saqlaş vazirligining mamlakatga qator oziq-ovqat mahsulotlari importini taqiqlaş böyiça yangi taşabbusiga izoh berdi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida post qoldirdi.

Eslatib ötamiz, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida eʼlon qilingan hujjat loyihasiga köra, respublika hududiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarning yaroqlilik muddati umumiy yaroqlilik muddatining 80 foizidan kam bölgan taqdirda hamda mahsulotlarga tegişli hujjatlar töplami töliq taqdim etilmasligi, şuningdek ötkazilgan laboratoriya tahlillarining salbiy natijalari sanitariya-epidemiologik xulosa berişni rad etiş uçun asos hisoblanadi. 

«Soğliqni saqlaş vazirligi buyuk protektsionistik uruşga qöşildi. Yaroqlilik muddati umumiy yaroqlilik muddatining 80 foizidan kam bölgan taqdirda oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakatga olib kirişni taqiqlaş taklif qilinmoqda. Şuningdek, agar xalqaro akkreditatsiyadan ötgan laboratoriya majmualari tomonidan sertifikatlanmagan bölsa, oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirişni taqiqlaş rejalaştirilmoqda. Bularning bari bizning salomatlik uçun ğamxörlik şiori ostida qilinyapti», - deb yozadi Yusupov.

«Hurmatli Soğliqni saqlaş vazirligi, katta rahmat, lekin oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oliş, şu jumladan, yaroqlilik muddati va sifat standartlariga javob berişi masalasini özim hal qilişga örganganman. Sizlar esa bojxona xodimlari men uçun qaror qabul qilişlarini istayapsiz. Import mahsulotlar xalqaro akkreditatsiyadan ötgan laboratoriya komplekslari tomonidan sertifikatlanişi, mahalliysiga esa bu şart emasligi haqidagi qaroringiz men uçun tuşunarsiz», - deya taʼkidlab ötdi u.

Uning sözlariga köra, bu holda hamma narsani öz nomi bilan ataş kerak: vazirlik aholi salomatligi haqida emas, balki korruptsiyalaşgan bojxonaçilar çöntagi haqida qayğurmoqda, aynan ularda pora uçun qöşimça imkoniyat paydo böladi. Şuningdek, adolatli raqobat şaroitida işlaşga qodir bölmagan oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçilari manfaatlari öylangani aytiladi.

«Hurmatli amaldorlar, şuni tuşuningki, iqtisodiyotda nafaqat vaqti-vaqti bilan sizning eʼtiboringizni jalb qiluvçi alohida «mahalliy işlab çiqaruvçilar» manfaati, balki: a) butun iqtisodiyotning manfaatlari (uning rivojlanişi uçun protektsionizm emas, balki raqobat kerak); b) 33 million isteʼmolçining manfaati bor. Men bu yerda maʼlum bir nomutanosiblikni his qilyapman», - deya qayd etdi iqtisodçi.

Uning qöşimça qilişiça, köplab vazirliklar (endi Soğliqni saqlaş vazirligi ham), idoralar, sanoat uyuşmalari va boşqa «kontsernlar», deputatlar, baʼzi işlab çiqaruvçilar tanlangan işlab çiqaruvçilar manfaati uçun ğayrat bilan işlamoqda. Bizda kim iqtisodiy rivojlaniş va 33 mln isteʼmolçi manfaatlarini himoya qilyapti? Taşkilot yoki muassasa nomini ayta olasizmi?

«Balki, öz xalqi va farzandlari hamda nabiralari kelajagi bilan jang qilişni töxtatiş kerakdir? Tinçlikka erişarmiz yoki, heç bölmasa, sulh tuzarmiz?» - deya xulosa qilgan u.

×