Bir neça kundirki, Özbekistonda, xususan poytaxt Toşkentda töy kortejlari masala yana trendda turibdi. IIBBning taʼkidlaşiça, Töy kortejlari yöl harakatiga xavfsizligiga tahdid solmoqda,
IIBBning maʼlum qilişiça, 2019 yil boşidan buyon töy kortejlari safida harakatlangan avtomobil haydovçilariga nisbatan 152 ta bayonnoma tuzilgan, ulardan 16 tasi – takroriy qoidabuzarlik.
Şu munosabat bilan IIBB töylarda kortej xizmati taşkil qiluvçi firmalar hamda uşbu kortejlar tarkibida harakatlanayotgan avtomobillar haydovçilari bilan uçraşib ular bilan profilaktik suhbatlar ötkazdi. Umumiy hisobda suhbatda 40 kişi iştirok etdi.
Şu bilan birga töylarda ortiqça dabdaba va kortejlar uyuştirib yöl harakati xavfsizligiga tahdid soliş nafaqat IIBB, balki keng jamoatçilik tomonidan tanqid qilinişi kerakligini taʼkidlandi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 129-moddasiga asosan, avtomobil yöllarida guruh bölib harakatlaniş – eng kam iş haqqining uç baravari miqdorida jarimaga solinişiga sabab böladi. Qalampir.uz Tahririyati









