Moped va skuter boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi talab qiliş muddati uzaytirildi

Moped va skuter boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi talab qiliş muddati uzaytirildi

Özbekistonda moped va skuterni boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi talabi joriy yil 1 oktyabrgaça keçiktirildi. Bu haqda joriy yilning 12 aprel kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yonğin xavfsizligi qoidalari va transport vositalaridan foydalaniş talablarini takomillaştirişga qaratilgan özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qarorida söz boradi.

Ilgari joriy yil 1 martdan moped va skuter boşqariş uçun tegişli toifadagi haydovçilik guvohnomasi talab qilinişi belgilangan edi. Endi bu talab joriy yil 1 oktyabrgaça ortga surildi.

Maʼlumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 iyul (Foydalanişda bölgan moped va skuterlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizomni tasdiqlaş haqida) va 9 avgustdagi (Yoşlarni xorijiy tillarga öqitiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida) qarorlari bilan 1 martdan moped va skuterlarga yangi talablar joriy etilişi rejalaştirilgan edi.

Ularda majburiy davlat röyxatidan ötiş, davlat raqami belgilarini oliş va ularni boşqariş uçun “A” toifali haydovçilik guvohnomasiga ega böliş belgilangan.

Yuqoridagi qaror bilan, şuningdek, ekspluatatsiyadagi moped va skuterlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizomning amal qiliş muddati ham 31 sentyabrgaça uzaytirildi.


Teglar:
×