Riçmond (AQŞ) şahrida Fuqarolar uruşi davrida janubliklarga qömondonlik qilgan general Robert Lining haykali bor (edi). Yaqinda demontaj paytida haykalning postamentida «vaqt kasulasi» topildi, deb yozmoqda «New York Times».
Xabarda taʼkidlanişiça, haykal 1887 yilda örnatilgan. Biroq 134 yillik tarixga ega haykal ommaviy tartibsizliklardan söng, şu yilning sentyabrida joyidan olib taşlandi. Sababi — Robert Li Konfederatsiyaning boşqa generallari bilan bir qatorda quldorlik tarafdori bölgan.


Tarixiy yozuvlarga köra, haykalning postamentida Konfederatsiyalar tarixidan sözlovçi taxminan 60 obʼekt haqidagi maʼlumotlar saqlanuvçi vaqt kapsulasi bor.
Yana bir maʼlumotda esa maxfiy joyda qabrda yotgan Avraam Linkolnning fotosi saqlanişi aytiladi.









