Piramidalarning 4000 yillik siri foş böldi

Piramidalarning 4000 yillik siri foş böldi

Olimlar Misrda 4000 yildan köproq vaqt avval 31 ta piramida, jumladan, dunyoga maşhur Giza majmuasi qanday qurilgani sirini oçgan bölişi mumkin.

Uilmingtondagi Şimoliy Karolina universitetining tadqiqot guruhi piramidalar Nil daryosining uzoq vaqtdan beri yöqolgan qadimiy tarmoği böylab qurilgan bölib, hozir çöl va qişloq xöjaligi yerlari ostida yaşiringanligini aniqladilar.

Köp yillar davomida arxeologlar qadimgi misrliklar piramidalar quriş uçun zarur bölgan toş bloklar va boşqa materiallarni taşiş uçun yaqin atrofdagi daryodan foydalangan bölişi kerak, deb işonişgan.

Tadqiqot mualliflaridan biri, professor Eman Goneymning sözlariga köra, şu paytgaça «heç kim uşbu suv yölining joylaşuvi, şakli, ölçami yoki piramidalarning haqiqiy joylaşuviga yaqinligiga işonç hosil qilmagan edi».

Qitʼalararo saʼy-harakatlarda tadqiqotçilar guruhi katta qurğoqçilik va qum böronlari kömib ketgan körfaz xaritasini tuziş uçun radiolokatsion sunʼiy yöldoş tasvirlari, tarixiy xaritalar, geofizik tadqiqotlar va çökindi kernalaridan (arxeologlar namunalardan dalillarni olişda qöllagan usul) foydalanganlar.

Nature jurnalida çop etilgan tadqiqotga köra, jamoa radiolokatsion texnologiyadan foydalangan holda «qum yuzasiga kirib, yaşirin obʼektlar tasvirini olişga» muvaffaq böldi.

Tadqiqotlarga köra, qadimgi Misr piramidalarining katta qismi joylaşgan tepaliklar etagida hozirda kömilgan daryo va qadimiy inşootlar bölgan.

Tadqiqot hammualliflaridan biri, doktor Syuzann Onstayn şunday dedi: «Daryoning haqiqiy tarmoğini aniqlaş va oğirroq blok, jihoz va odamlarni taşiş uçun işlatilişi mumkin bölgan suv yöli borligini körsatadigan maʼlumotlarga ega böliş, köp narsani tuşunişga yordam beradi».

Jamoa tadqiqotlariga köra, Ahramat (arabça «ahramat» sözi piramidalar degan maʼnoni anglatadi) deb nomlangan daryo tarmoğining uzunligi taxminan 64 km va kengligi 200 dan 700 m orasida ekanligini aniqladi. U 4700 - 3700 yil oldin qurilgan 31 ta piramida bilan çegaradoş edi.

Daryoning bu sönib ketgan tarmoğining topilişi Giza va Lişt (Örta qirollik qabristoni) örtasidagi piramidalarning yuqori ziçligini tuşunişga yordam beradi.

Hujjatda aytilişiça, daryoning piramida majmualariga yaqinligi uning piramidalarni quriş bosqiçida faol bölganini körsatadi.

Doktor Onstaynning tuşuntirişiça, qadimgi misrliklar daryo resursidan bloklarni kötariş uçun foydalanişgan va bu inson mehnatidan köra ança yengilroq yeçim bölgan.

Nil daryosi qadimgi Misrning qon tomiri bölgan va hozirgi kungaça şundayligiça qolmoqda.


Teglar:
×