Ohangarondagi mudhiş qotillik foş etildi

Ohangarondagi mudhiş qotillik foş etildi

Şu yilning 5 yanvar kuni danğaralik 1962 yilda tuğilgan marhum K.Yu. öziga tegişli bölgan Cobalt avtomaşinasida Qöqon—Toşkent yönalişi böylab kira qiliş maqsadida yaşaş xonadonidan çiqib ketib qaytib kelmagani, keyinroq fuqaroning jasadi Angren daryosi qirğoğidagi çakalakzordan topilgani töğrisida xabar qilingandi. Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi hamda prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv-suruştiruv işlari davomida mazkur jinoyat işi foş etilgani maʼlum qilindi.

Uşbu jinoyat 1998 yilda tuğilgan, mehribonlik uyi tarbiyalanuvçisi U.Yo. tomonidan sodir etilganiga yetarli maʼlumot va dalillar töplanib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 2-qismi «i» bandi bilan gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan. Gumonlanuvçi U.Yo. aybiga iqrorligini öz arizasida bayon qilgan.

Maʼlum bölişiça, gumonlanuvçi 5 yanvar kuni soat taxminan 22:40 larda Ohangaron şahriga Toşkent—Qöqon yönalişi böyiça harakatlanuvçi taksilar avtoturargohiga borgan. Şu yerda u marhum K.Yu. bilan Farğona viloyatining Beşariq tumaniga olib borib qöyişini aytib, u bilan kelişgan va yöl-yölakay Ohangaron tumanidan oqib ötuvçi Angren daryosi yaqinidagi mahallalardan biriga kirib ötişlarini maʼlum qilgan.

Şundan söng ular belgilangan daryo yaqiniga borgan vaqtida gumonlanuvçi yonida bölgan temir bölagi bilan dastlab haydovçining boş qismiga bir neça marotaba urib, keyin esa uni maşinadan tuşirib yerdagi toş bölagi bilan urib huşidan ketkizgan. Söng haydovçining çöntagida bölgan pul va uyali telefonni olayotgan vaqtida haydovçi huşiga kelib baqirmoqçi bölganida yonida oldindan tayyorlab qöygan piçoği bilan haydovçining old kökrak va orqa sohasiga bir neça marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Foto: IIBB axborot xizmati

Keyin esa haydovçining murdasini avtomaşinaga joylab, «Telov» MFY hududidan oqib ötuvçi Angren daryosi yaqiniga olib borgan va uning ust kiyimlarini yeçib, tanasidagi barmoq izlarini suv bilan yuvib pastlikka taşlab yuborgan.

Jinoyat izlarini yaşiriş maqsadida haydovçining ust kiyimlari, qöl telefoni va özining barmoq izi teggan barça buyumlarni, maşinaning zaxira baloni, piçoq va temir bölagini suvga otib yuborgan. Avtomaşinani esa Ohangaron şahar «Yangiobod» mahallasi hududida qoldirib, voqea joyidan yaşiringan.

Foto: IIBB axborot xizmati

Şuningdek, suruştiruv davomida gumonlanuvçi U.Yo.ning Ohangaron va Olmaliq şaharlarida sodir etgan boşqa jinoyatlari ham foş etilib, Ohangaron şahar IIB TB tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

Hozirda mazkur jinoyat işlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×