Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlisining 20-yalpi majlisida çiqiş qilgan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev senatorlarga murojaat qildi.
«Suriyadan 156 nafar ayolni qaytariş oson bölgani yöq. Katta azob bilan qaytardik. Yuborgan samolyotimizni yöldan qaytarişdi. Özimga qönğiroq qilişdi, samolyotni qaytar yoki otib taşlaymiz deb. Ozarboyjonga qöniş böyiça körsatma berdim.
Ayollarni olib keliş uçun beşta avtobus borgandi. Faqat ikkitasi qaytdi. Ayollarning köpçiligini berişmadi.
Bu ayollar nima uçun ketib qolgan, nimani izlab borgan? Sabab nima? Parlamentdan bu mavzuda, ular bilan işlaş böyiça taklif kutgandim. Lekin heç kimdan heç qanaqa gap çiqqani yöq», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, 30 may kuni Suriyadan Özbekistonga 156 nafar vatandoş, jumladan, 48 nafar ayol va 107 nafar bola maxsus reys bilan qaytarilgan edi. Hukumat ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga vaʼda bergan.
Prezident uşbu operatsiyaning maşaqqatlari haqida avval ham gapirgandi.
manba kun,uz









