Plastician taxallusi bilan tanilgan britaniyalik dijey Kris Rid özining Twitter-akkauntida «Uber» haydovçisi manzilni adaştirib, uni Buyuk Britaniyaning boşqa bir çekkasiga bilmasdan olib borganini maʼlum qildi. Uning xabari virus kabi tarqalib, minglab retvit va yuzlab izohlarga sabab böldi. Bu haqda «Lenta» xabar bergan.
— Öziyam bir haftadan beri «Uber» vakillari bilan tortişib kelyapman. Nima uçun bunday bölganini tuşunmayman: közim ilinib, Londonning Fulxem rayonidan Kroydon şahriga ketyapman deb öylaganimda, haydovçi meni Buyuk Britaniyaning boşqa bir çetiga olib boribdi, — deb yozadi Rid payşanba kuni. — Men Midlendsda uyğondim! Ungaça taksiçi menga heç nima demagan. Biz ikki baravar qimmat tarif bilan beş yarim soat yöl bosganmiz.
Natijada dijeyga 1453 funt sterling tölov çiqqan. Yölovçi «Uber» koll-tsentriga qönğiroq qilganida, u yerdagilar buyurtmadagi manzil töğri qabul qilinganini tasdiqlaşgan.
— Endi ular hammasini inkor etişyapti, — deydi Rid. — Lekin ularda meni olib boriş kerak bölgan manzilni kiritganim haqida dalil yöq. Men umrim bino bölib u yerda bölmaganman.
— «Uber» taksiçilariga va mast holda rulga ötirma, — deya ogohlantiradi britaniyalik. — Bunday holat hammada kuzatilişi mumkin. Hatto bemaʼni safar uçun haq tölaşimga töğri kelsa-da, umid qilamanki, bu atrofdagilarga saboq böladi.









