Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangandagi 26-Mehribonlik uyiga taşrifi çoğida bağriga bosgan qizaloq oilasiga qaytdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar berdi.
Fotima Umrzoqova hozir 5 yoşda. U va egizak ukasi Husan 2 yil, opalari Hadiça va Halima esa 3 yildan beri bolalar uyida tarbiyalanayotgan edi.
— Ularning onasi yolğiz ayol bölgani va yetişmovçilik tufayli bolalarini bizning muassasaga topşirgan edi. Yil boşidan ularni olib ketiş harakatiga tuşib qoldi. Qizaloğini davlat rahbari kötarib olganini körganidan keyin bu fikri yana ham qatʼiylaşgan bölsa ajab emas. Ötgan vaqt mobaynida ularga biz ham qattiq boğlanib qolgan ekanmiz, közda yoş bilan kuzatib qöydik. Lekin oilasida, onasining bağrida bölişi biz uçun muhim, şundan xursandmiz, — deydi Mehribonlik uyi direktori Dilorom Abdurahimova.

Biz Umrzoqovlar oilasi istiqomat qilayotgan Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanidagi «Qorayontoq» mahallasida ham böldik. Bolalarning onasi Nilufarning aytişiça, ularni asli kuz oylariga borib, işlab, pul topib, uy-joy şaroitini önglagandan söng qaytarib olmoqçi bölgan, biroq oiladagi vaziyatdan xabar topgan «Saxovat-Namangan» xayriya jamoat fondi aʼzolari bu taşvişlarni öz zimmasiga olgan.

— «Bolalarni zoriqtirmang, olib keling, uyni özimiz taʼmirlab beramiz» deyişdi. Şu yil yanvaridan xonadonimizga ustalar tuşdi, çala bitgan uylarimiz hozirgi şinam holatga keldi. Fotimani televizorda körib, qöni-qöşnilar bu haqda aytganidan keyin esa özim ham şoşib qoldim. Endi bolalarimni maktab va boğçalarga beraman, özim işga kiraman. Ota-onam ötib ketişgan bölsa ham ukam yordam berib turibdi. Qolaversa, saxovatpeşa insonlar ham qarab turişmayapti, men kutgandan ortiq yordam berişyapti, — deydi Nilufar Umrzoqova.

«Saxovat-Namangan» xayriya jamoat fondi vakili Baxtiyor Yusufjonovning taʼkidlaşiça, Nilufar va uning bolalari yaşaydigan xonadon boşdan-oyoq taʼmirlab berilgan. Hovliga darvoza, uylarga eşik-rom örnatilgan, şift va pol qilingan, körpa-töşak, idiş-tovoqqaça yetkazilgan. Kelgusida ham bolalardan doimiy xabar olib turiladi va ular uçun barça zarur şaroit yaratib beriladi.

Maʼlumot uçun, Namangandagi 26-Mehribonlik uyini 13 nafar tarbiyalanuvçi tark etgan. Ulardan 5 nafari farzandlikka berilgan bölsa, 8 nafari oilasiga qaytgan. Oilasiga qaytganlar safida Fotima, uning ikki opasi hamda egizak ukasi ham bor.









