Dunyo aholisining 10 foizdan ortiği internetdan foydalaniş bilan boğliq muammoga duç kelayotgan bölişi mumkin. Psixiatr va psixologlardan iborat xalqaro komissiya buning sababini odamlarning irodasizligida emas, raqamli platformalarning tuzilişida körmoqda. Tadqiqot haqida “Earth.com” naşri xabar berdi.
Mutaxassislar mavjud ilmiy işlarni örganib, qaramlik qançalik keng tarqalganini baholaşga urindi. Bu toifaga öyin va qimorga boğliq muammolar, vasvasali onlayn-xaridlar hamda ijtimoiy tarmoqdan uzilolmaslik kiradi. Kiberxondriya ham şular qatorida: kişi internetdan xavotir bilan kasallik alomatlarini izlayveradi.
Yoşlar xavf ostida
16 yoşdan 24 yoşgaça bölgan ösmirlar va yoşlar ijtimoiy tarmoqlarda kuniga örtaça 3,5 soat ötkazadi. Daromadi past va örtaça mamlakatlarda bu muammo boy davlatlarga qaraganda tez-tez uçraydi.
Flinders universitetining katta ilmiy xodimi Andrea Çako aytişiça, köplab servislar foydalanuvçi diqqatini uşlab turiş uçun ataylab şunday loyihalaştiriladi. Tugamaydigan lenta, videolarning özi işga tuşişi, şaxsiy tavsiyalar va kutilmagan mukofotlar telefonni öz vaqtida çetga qöyişga xalaqit beradi.
Maʼruza mualliflari sunʼiy intellektli çat-botlar rivojidan ham xavotirda. Ularning yoşlarga taʼsiri hozirça deyarli örganilmagan.
Taqiq emas, xavfsiz dizayn
Ekspertlar maktablarda smartfonni taqiqlaş yoki videoöyinlarga qatʼiy çeklovlar qöyiş köpinça kutilgan natijani bermasligini qayd etgan. Ular hukumatlarga boşqaça yöl tavsiya qilmoqda. Texnologik kompaniyalar xavfsiz dizaynni joriy etişi, bolalar uçun diqqatni uşlab turuvçi funktsiyalarni çeklaşi kerak. Foydalanuvçilarga esa uyqu va ruhiyat uçun xavflar haqida ogohlantiriş berib boriş lozim.
Bunday talablar yangi emas. Yaqinda AQŞning 29 ta ştati “Meta” kompaniyasini sudga bergan edi. Ştatlar Feysbuk va Instagram bolalar hamda ösmirlarda qaramlik uyğotadigan, ruhiy salomatlikka zarar yetkazadigan tarzda işlab çiqilganini daʼvo qilgan.









