Dunyoning eng yirik parol menejeri 1Passvord xakerlar hujumiga uçradi

Dunyoning eng yirik parol menejeri 1Passvord xakerlar hujumiga uçradi

Dunyodagi eng yirik parol menejerlaridan biri — 1Passvord xakerlar hujumiga uçradi. Bu haqda platformani işlab çiquvçi kompaniyaning özi xabar berdi. Buzib kiriş holati joriy yilning 19 noyabr kuni aniqlangan.

Hujum qanday sodir böldi

Xakerlar kompaniya xodimlaridan birining GitXabdagi korporativ akkauntiga kiriş huquqini qölga kiritgan. Ular şu akkaunt orqali içki xizmatlarga zararli kod joylaştirgan. Natijada jinoyatçilar foydalanuvçi hisob qaydnomalariga oid maʼlumotlarning bir qismiga ega bölgan. Bular tizimga kiriş uçun kerak böladigan ismlar va elektron poçta manzillaridir.

Kompaniya parollar saqlanadigan asosiy ombor buzilmaganini alohida taʼkidladi. Hujum qança foydalanuvçiga taʼsir qilgani esa ayon emas. 1Passvord bu savolga aniqlik kiritmadi.

Qanday çoralar körildi

Buzilgan GitXab akkaunti bloklandi. Şuningdek, taklifnoma xatlari va kirişni tiklaş xatlarida işlatiladigan kodlar uzunligi oltitadan önta belgigaça oşirildi.

Foydalanuvçilarga 1Passvord nomidan keladigan fişing hujumlaridan ehtiyot böliş tavsiya qilingan. Fişing — aldov yöli bilan maxfiy maʼlumotlarni qölga kiritiş usuli. U odatda elektron xatlar yoki SMS-xabarlar orqali amalga oşiriladi. Kompaniya platforma parol yoki maxfiy kalitni sörab mijozlar bilan heç qaçon boğlanmasligini ham eslatdi.

Hodisa munosabati bilan heç qanday yangilanişlar rejalaştirilmagan. Ismlar va poçta manzillari fişing uçun qulay vosita bölgani bois, foydalanuvçilar şubhali xabarlarga eʼtiborli bölgani maʼqul.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Federal qidiruv byurosi mamlakat böylab huquqni muhofaza qiluvçi organlar foydalanadigan jinoyatçilikka oid maʼlumotlar bazasiga xakerlar kirgan bölişi mumkinligini tekşirayotgani xabar qilingan edi.

Teglar:
×