Şveytsariyadan Özbekistonga yana 252,5 million dollar qaytariladi

Şveytsariyadan Özbekistonga yana 252,5 million dollar qaytariladi

24 noyabr kuni Özbekiston va Şveytsariya noqonuniy özlaştirilgan aktivlarning navbatdagi qismini qaytariş böyiça bitimni tasdiqladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'lum qilişiça, Özbekistonga 252,5 million AQŞ dollari qaytariladi. Pullar "Işonç – 2030" (Uzbekistan Vision 2030 Fund) trast jamğarmasi orqali sarflanadi.

Resurslarni taqsimlaş strategiyasining ikkinçi bosqiçi hujjatiga uçta rasmiy şaxs imzo çekdi. Ular — Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fozilkarimov, Şveytsariyaning Özbekistondagi elçisi Simone Giger va BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl.

Jamğarma qanday işlaydi

"Işonç" jamğarmasi Prezident Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan Özbekiston, Şveytsariya va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti hamkorligida taşkil etilgan. Uning maqsadi — Şveytsariyada musodara qilingan aktivlarni xalq manfaati uçun qaytariş va ulardan samarali foydalaniş. Pullar hukumat bilan hamkorlikda BMT va Jahon banki iştirokidagi dasturlar orqali sarflanadi. Loyihalarni tanlaş, amalga oşiriş va natijasini kuzatişda şaffoflik hamda jamoatçilik iştiroki taʼminlanişi aytilmoqda.

Birinçi bosqiçda soğliqni saqlaş va taʼlim sohasiga 87 million dollar ajratilgan edi. Bu mablağ onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, perinatal (tuğruq davri) yordamni yaxşilaş va taʼlim sifatini oşiriş uçun sarflandi. Öqituvçilarning raqamli könikmalarini rivojlantirişga ham pul ajratildi.

Ikkinçi bosqiçning ustuvor yönalişlari

Yangi strategiyada ikkita asosiy yönaliş belgilangan. Soğliqni saqlaşda bolalar va ösmirlarga tibbiy yordam tizimini yaxşilaş, kasalliklarni erta aniqlaş va ularning oldini oliş közda tutilgan. Ayrim onkologik kasalliklarni davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş va şifokorlar malakasini oşiriş ham rejada bor.

Taʼlim yönalişida maktab infratuzilmasidagi ehtiyojlar, jumladan yangi maktablar qurilişi qöllab-quvvatlanadi. Şuningdek, darslarga raqamli texnologiyalar joriy etiladi, öqituvçilar malakasi oşiriladi. Bunda ayniqsa qişloq hududlari va ijtimoiy xizmatlardan töliq foydalana olmaydigan aholi qatlamlariga eʼtibor qaratiladi.

Jamğarma faoliyatida korruptsiyaga qarşi kuraşiş, mablağlardan maqsadli foydalaniş va loyihalar natijasini baholaş asosiy tamoyil sifatida belgilangan. Fuqarolik jamiyati vakillari mustaqil monitoringda iştirok etadi. Avvalroq Gulnora Karimovaning Şveytsariyada musodara qilingan pullaridan 43,5 million dollar tibbiyotga yönaltirilgani xabar qilingan edi. Vazirlik taʼkidlaşiça, navbatdagi bitim ikki davlat aktivlarni qaytariş borasida izçil hamkorlik qilayotganini körsatadi.

Teglar:
×