Özbekiston va Iordaniya 300 turdagi tovarga bojni pasaytiradi

Özbekiston va Iordaniya 300 turdagi tovarga bojni pasaytiradi

Özbekiston va Iordaniya örtasida 300 turdagi tovar böyiça bojxona bojlari pasaytiriladi. Bu haqda 24 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etgan Özbekiston – Iordaniya biznes forumining oçilişida maʼlum qilindi. Tadbirga ikki mamlakat hukumati aʼzolari, yirik kompaniyalar rahbarlari va tadbirkorlar yiğildi.

Forumda Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn va mamlakat Sanoat palatasi raisi Fathi al-Jağbir ham sözga çiqdi. Mirziyoyev Iordaniya Podşohining ötgan yili Samarqandga qilgan taşrifi munosabatlarda yangi davr boşlaganini taʼkidladi.

Savdo tez ösmoqda

Davlat rahbarining aytişiça, sönggi beş yilda özaro savdo qariyb 9 barobar köpaygan. Faqat 2025 yilning özida ösiş 80 foizni taşkil etgan. Özbekistonda iordaniyalik investorlar iştirokidagi 20 dan ortiq korxona işlab turibdi.

Toşkent va Amman örtasida töğridan töğri aviaqatnov yölga qöyilgan, ikki mamlakat fuqarolari bir-birining yurtiga vizasiz bora oladi. Hukumatlararo komissiyaning va Işbilarmonlar kengaşining birinçi yiğilişlari ham ötkazilgan.

Davlat taşrifi çoğida imzolangan Imtiyozli savdo bitimi 300 turdagi tovarga pasaytirilgan bojxona stavkalarini qöllaşni nazarda tutadi. Mirziyoyev bu hujjat tovar ayirboşlaşni 500 million dollarga yetkaziş uçun mustahkam zamin bölişiga işonç bildirdi.

Beş ustuvor yönaliş

Prezident hamkorlikning beş yönalişini atadi. Birinçisi — töqimaçilik: Özbekiston xomaşyosidan Aqaba maxsus iqtisodiy zonasida mahsulot tayyorlaş va uni uçinçi mamlakatlarga birgalikda sotiş taklif qilindi. Ikkinçisi — toğ-kon sohasi: iordaniyalik investorlar Toşkent va Samarqandda barpo etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklari orqali muhim minerallar loyihalarida iştirok etişi mumkin.

Uçinçi yönaliş — farmatsevtika. Yangi dori vositalarini Özbekistonda işlab çiqariş va ilğor texnologiyalarni olib keliş uçun “Tashkent Pharma Park” klasterida şaroit yaratiladi. Törtinçisi — kimyo sanoati: mineral öğitlar, ozuqa qöşimçalari, maişiy kimyo va ösimliklarni himoya qiliş vositalari işlab çiqariş rejalaştirilgan. Beşinçisi — qişloq xöjaligi: qöşma agrosanoat klasterlari, uruğçilik, boğdorçilik va çorvaçilikni rivojlantiriş közda tutilgan.

Mirziyoyev turizmda ham katta imkoniyat borligini qayd etdi. Iordaniyalik mehmonlarni Samarqand, Buxoro va Xivaga taklif qildi. Forum davomidagi uçraşuvlarda çarm, teletibbiyot, oziq-ovqat, quriliş materiallari, elektrotexnika va logistika sohalaridagi loyihalar ham muhokama qilindi.

Navbatdagi Özbekiston – Iordaniya biznes forumi kelgusi yil mart oyida Toşkentda ötadi. Erişilgan kelişuvlar ijrosini Hukumatlararo komissiya muntazam kuzatib boradi.

Teglar:
×