22 yoşli çegaraçi özini otib qöydi

22 yoşli çegaraçi özini otib qöydi

Joriy yilning 7 aprel kuni Qirğizistonning Öş şahridagi Irkeştam çegara postida 22 yoşli harbiy xizmatçi öz joniga qasd qilmoqçi böldi. Bu haqda “Turmush” xabar berdi.


Maʼlumotlarga köra, şartnoma asosida xizmat ötayotgan harbiy xizmatçi boşidan öq tekkan holda Nura qişloğidagi şifoxonaga olib borilgan. Birinçi tibbiy tez yordam körsatilgandan söng u zudlik bilan tuman markazi bölgan Gulça şahridagi şifoxonaga köçirilgan.

Şifokor Doyirbek Qodirov jabrlanuvçining holati haqida maʼlumot bergan. Uning aytişiça, öşlik mutaxassislar tomonidan çegaraçining boş miyasida şoşilinç operatsiya ötkazilgan. 

Dastlabki maʼlumotlarga köra, öq jağ sohasiga tegib, köz atrofidagi qon tomirlari yonidan teşib çiqqan. Hozir bemor koma holatida bölib, sunʼiy nafas beriş jihoziga ulangan. Ahvoli esa juda oğir deb baholangan. 

Hozirda voqea böyiça ekspertiza tayinlanib, harbiy prokuratura voqea sababini aniqlaş uçun tekşiruv olib bormoqda. Davlat çegara xizmati harbiy xizmatçi I.A. AK-74 avtomatidan öq uzganini maʼlum qilgan. Uşbu holat böyiça xizmat tekşiruvi tayinlangan.


Teglar:
×