Özbekistonda koronavirus bemorlari soni 11 nafarga yetdi

Özbekistonda koronavirus bemorlari soni 11 nafarga yetdi

Özbekistonda koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlar soni 11 nafarga yetdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi rahbari Bahrom Almatov maʼlum qildi.

Soğliqni saqlaş vazirligidan maʼlum qilişlariça, Dubaydan kelgan Özbekiston fuqarosida koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan. «Bemorlarning ahvoli hozirça qoniqarli», — deyiladi vazirlik axborotida.

Fuqaro aynan qaçon Özbekistonga kelgani, u bilan birga Dubay—Toşkent reysida neça kişi bölgani haqida qöşimça maʼlumotlar berilmagan.

Bungaça 11 mart kuni Frantsiyadan (virus 15 mart kuni aniqlangan), 14 mart kuni Buyuk Britaniyadan, 15 mart kuni Turkiyadan qaytgan uç fuqaroda koronavirus infektsiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bundan taşqari, Frantsiyadan qaytgan fuqaroning öğli, qizi, turmuş örtoği, nevarasi va bir qarindoşida, Turkiyadan qaytgan fuqaroning rafiqasi va ular bilan bir reysda bölgan bir fuqaroda ham kasallik aniqlangan.

×