Dunyodagi eng ommabop parol yana “123456” böldi

Dunyodagi eng ommabop parol yana “123456” böldi

NordPass kompaniyasi 2026 yilgi parol tadqiqoti natijalarini eʼlon qildi. Unga köra, dunyoda eng köp işlatiladigan parol yettinçi marta “123456” böldi. “admin” va “12345678” ham eng köp tarqalgan parollar qatoridan tuşmayapti.

Tadqiqotni NordPass va NordLayer Intelligence mustaqil kiberxavfsizlik mutaxassislari bilan birga ötkazgan. Ular 2025 yil sentyabridan 2026 yil sentyabrigaça oçiq maʼlumotlar sizib çiqqan holatlarni va darknetda tarqalgan parollarni örgangan. Tahlil 44 mamlakatni qamragan.

Birinçi uçlik özgarmadi

Hisobotga köra, “123456” sakkiz yillik tadqiqotning yetti nafarida birinçi örinni egallagan. Bu yil ham reyting boşida öşa parol turibdi. Ikkinçi örinda “admin”, uçinçisida “12345678” bor.

“password” paroli yettinçi öringa tuşdi. “1234” esa birinçi beşlikdan joy oldi.

Ommaviy madaniyat taʼsiri

Tadqiqotçilarning fikriça, odamlar parolni tanlaşda ommaviy madaniyatdan ham taʼsirlanadi. Parollarda sportçilar, musiqaçilar, video öyinlar, anime va ijtimoiy tarmoqlar nomlari tez-tez uçraydi. Masalan, “Lebron0319”, “Savage20”, “roblox.com1” va “kibiditoilet” kombinatsiyalari qayd etilgan.

COVID-19 pandemiyasi ham iz qoldirgan. “Covid@19”, “Covid-19” va “corona2020” kabi parollarga haligaça duç kelinadi. Tadqiqotda 2020 yil fevral va oktyabr oylari orasida foydalanuvçilardagi parollar soni örtaça 25 foizga oşgani ham aytilgan.

Mutaxassislar nima deydi

NordPass mutaxassislari kamida 15 belgidan iborat parol tanlaşni tavsiya qiladi. Unda katta va kiçik harflar, raqamlar va maxsus belgilar bölişi kerak. Har bir akkauntga alohida parol qöyiş, köp bosqiçli autentifikatsiyani yoqiş va parollarni muntazam yangilaş ham maslahat beriladi.

Yillar ötsa ham reytik boşidagi parollar özgarmayotgani köpçilik hisobini oson buziş mumkinligini körsatadi. Şu sababli mutaxassislar sodda raqamlar ketma-ketligidan voz keçişga çaqirmoqda.

Teglar:
×