Qirğiziston deputati tirbandlik tufayli poytaxtni köçirişni taklif qildi

Qirğiziston deputati tirbandlik tufayli poytaxtni köçirişni taklif qildi

Qirğiziston parlamenti deputati Nurbek Sidigaliyev Bişkekdagi tirbandlik muammosini hal qiliş uçun poytaxtni boşqa joyga köçirişni taklif qildi. Uning fikriça, şaharda yöl ötkazgiçlar qurilişini ham kengaytiriş kerak. Bu haqda Kaktus.media xabar berdi.

Deputat 18 noyabr kuni Jogorku Keneş yiğilişida sözga çiqdi. U hamkasblari bilan Öşga borganida, u yerda köpriklar qurilayotganini körgan. Şundan kelib çiqib, Bişkek meriyasiga bu tajribani örganişni tavsiya qildi.

Qaysi çorrahalarda quriş taklif qilindi

Sidigaliyev yöl ötkazgiçlarni şaharning eng gavjum joylarida quriş kerakligini aytdi. Masalan, Çöy şohköçasi hamda Tokombayev va Abraxmanov köçalari kesişmasida. Şuningdek, Öşda qurilgan köpriklarning biri qança turganini söradi.

Quriliş, arxitektura va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Nurdan Öruntayeva bunga javob berdi. Uning sözlariga köra, estakada köpriklari avvaliga hujjatlarsiz qurila boşlagan. Hozir esa hujjatlar rasmiylaştirilmoqda, xarajatlar hisob-kitob qilinmoqda.

Bişkek meri Aybek Junuşaliyev poytaxtda ham şunday quriliş boşlangani haqida gapirdi. Misol sifatida Molodaya Gvardiya şohköçasi va L. Tolstoy köçasi kesişmasidagi işlarni keltirdi. Kelasi yili Janubiy magistralda ham yöl ötkazgiç qurişni rejalaştirişmoqda.

«Poytaxtni köçiriş kerak»

Deputatning sözlariga köra, Öşda yöllar va köpriklar yaxşi qurilgan. Bişkekda ham şunday qiliş kerak, aks holda tirbandlikni bartaraf etib bölmaydi. Uning taʼkidlaşiça, vaziyat kundan kunga oğirlaşmoqda. Muammoni şu yöl bilan hal qiliş yoki poytaxtni köçiriş lozim.

Mer eʼtiroz bildirdi: poytaxt köçirilsa, aholi ham yangi joyga boradi. Sidigaliyev esa odamlarning bir qismi Bişkekda qolişini aytdi.

Deputat şahar muammolarida arxitektorlarni ham aybdor deb biladi. Uning fikriça, ular markazda köp qavatli uylar qurilişiga ruxsat bergan. Bunday binolarni markazda emas, Sokuluk va Issiqota tomonlarda quriş kerak edi.

Teglar:
×