Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston hukumati rahbari Qirğiziston-Özbekiston davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça hukumat delegatsiyalarining qöşma majlisida iştirok etiş maqsadida Bişkekda bölib turibdi.
Sadir Japarov uçraşuv yakunlari ikki davlat xalqlari manfaatlaridan kelib çiqqan holda özbek- qirğizdavlat çegarasini delimitatsiya qiliş böyiça huquqiy jarayonni tezroq yakunlanişiga xizmat qilişiga işonç bildirdi.
Suhbat çoğida Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va tomonlarni qiziqtirgan boşqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytiriş va çuqurlaştiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Tomonlar Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga bölajak davlat taşrifini ham muhokama qilişdi va taşrif davomida belgilangan qöşma reja va loyihalarni amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratişdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va Qirğiziston Davlat milliy xavfsizlik qömitasi rahbari Qamçibek Taşiyev Qirğiziston - Özbekiston Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça qöşma majlis bayonnomasini imzoladi.
Mazkur hujjat özbek—qirğiz davlat çegarasinining ayrim hududlari töğrisidagi yangi Şartnoma loyihasini kelişiş tartibini boşlaş imkonini beradi.









