Moskva musulmonlari metro va savdo markazlarida beş vaqt farz namozni boşqa fuqarolarni uyaltirmasdan öqişlari uçun namozxonalar oçişni xohlaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Musulmonlari diniy boşqarmasidan Moskva muftiysi, Moskva jome masjidi boş imom-xatibi Ildar Alyautdinov taʼkidladi.
“Hozir biz muassasalarda namozxonalar oçmoqdamiz. Masalan, ular aeroportlarda, hospislarda, baʼzi tibbiyot markazlarida oçildi. Biz savdo markazlari bilan ham muzokaralar olib borişga harakat qilyapmiz. Internetda dindorlar metroda namoz öqiyotganini köryapmiz. Şuning uçun biz Moskva metropoliteni bilan metroda namozxonalar oçiş borasida muzokaralar olib bormoqdamiz”, deydi Alyautdinov.
Moskva muftiysining taʼkidlaşiça, jamoat joylarida namoz öqiş “şaharda namozxonlar yetarli emasligidan kelib çiqayotgan majburlikdir”.
“Eslatiş muhim: odamlar metro yoki köçalarda şunçaki namoz öqimaydi. Namoz musulmon inson hayotining asosidir, bu mömin qayerda bölişidan qatʼi nazar, kuniga beş marta bajarişi kerak bölgan majburiyatdir. Namozlarni qisqartiriş faqat alohida holatlarda, masalan, sayohat yoki kasallik paytida bölişi mumkin”, deya xulosa qildi Moskva muftiysi.
Uning sözlariga köra, Rossiya poytaxtida taxminan 3-3,5 million musulmon istiqomat qiladi, ulardan 2 millioni mahalliy aholi, qolganlari esa muhojirlar, jami törttagina masjid bor. Moskvada namozxonalar ham bor, ammo imomning taʼkidlaşiça, namozxona madaniyat markazi yoki masjid örnini bosa olmaydi, çunki masjidda dindorlar “taʼlim va tarbiya olişlari” mumkin.









