Bugungi kunda 18–25 yoşdagi yoşlar orasida surunkali çarçoq, apatiya va “hayot allaqaçon zeriktirdi” degan hissiyot va şikoyatlar tobora köpaymoqda. Bu haqdagi tadqiqot xulosalarini B17 naşri keltirdi.
Aslida 20 yoşda insonda çeksiz imkoniyatlar hissi bölişi kerak: yangi tanişuvlar, öqiş yoki ilk iş, ota-ona nazoratidan nisbatan erkinlik. Ammo energiya örniga Z-avlodi tobora köproq emotsional jizzakilik holatiga duç kelmoqda.
Qayd etilişiça, buning asosiy sabablari axborot yuklamasining haddan taşqari köpligi. Z-avlodi raqamli dunyoda voyaga yetgan. Yangiliklar lentasi, TikTok, memlar, xavotirli sarlavhalar, siyosiy inqirozlar – bularning barçasi uzluksiz oqim tarzida keladi. Miya doimiy ravişda “qayta işlaş” rejimida işlaydi va inson şunçaki lenta aylantirib ötirganida ham energiya sarflanadi.
Taqqoslaş madaniyati: ijtimoiy tarmoqlar hayotni göyoki vitrinaga aylantirgan. 20 yoşda tengdoşlaring sayohat qilayotgani, biznes oçayotgani yoki millionlab obunaçiga ega bloger bölayotganini köradi. Ularning fonida universitetdagi öqiş yoki qahvaxonadagi iş muvaffaqiyatsizlikdek tuyulişi mumkin. Bu esa impostor sindromi va “ortda qolayapman” degan hissiyotga olib keladi.
Kelajakning beqarorligi: pandemiya, uruşlar, inqirozlar, narxlarning oşişi – Z-avlodida barqarorlik illyuziyasi deyarli yöq. Ular “rejalar bir kunda barbod bölişi mumkin” bölgan dunyoda yaşamoqda. Ruhiyat bunga xavotir va harakatlarning maʼnosizligi hissi bilan javob beradi.
Haqiqiy dam olişning yöqligi: hatto “dam olayotganda” ham Z-avlodi onlayn qoladi. Uzuq-yuluq uyqu, tonggaça kino köriş, messenjerlarda yozişmalar – miya töliq tiklaniş imkoniga ega bölmaydi.









