Keliniga zulm ötkazgan qaynota 4 yilga qamaldi

Keliniga zulm ötkazgan qaynota 4 yilga qamaldi

Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida yaşovçi 66 yoşli fuqaro 37 yoşli keliniga şafqatsiz muomalada bölib, doimiy ravişda zulm ötkazgan va özini özi öldiriş darajasiga olib borgan. Bu haqda «Daryo»ga jinoyat işlari böyiça Ğijduvon tuman sudi raisi Bobur Umarov maʼlum qildi.

Maʼlum bölişiça, Samarqandda yaşovçi fuqaro Sabohat Haqqulova 2013 yil Ğijduvon tumani «Yangiobod» mahalla fuqarolar yiğini Urganjeli qişloğida yaşovçi II guruh nogironi Halim Saʼdullayev bilan turmuş qurgan.

Qaynota K.S. öziga tegişli uyda turmuş örtoği, ikki nafar nogiron öğli, kelini Sabohat Haqqulova hamda nevarasi bilan yaşab kelgan. Rözğor xarajatlari qaynota zimmasida bölgani bois K.S. özining nogiron farzandlarini ham pul va moddiy daromad topib kelolmaslikda ayblagan. Ayniqsa, kelini Sabohat Haqqulovaga öta rahmsiz muomalada bölib, qörqitgan, uning şaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravişda kamsitib kelgan.

Qaynota kelinini fohişalikda gumon qilib, qöpol munosabatda bölgan. Uning turmuş örtoği bölgan öğlining nogironligini ham yuziga solib, köp bor tekinxörlikda ayblagan.

Qaynota 2018 yilning 9 dekabr kuni kelini bilan ovqatga mahsulotni köp solgani bahonasida janjallaşib qolib, uni nojöya sözlar bilan haqorat qilgan, boşiga urgan va tan jarohati yetkazgan. Kamsitişlarga çiday olmagan kelin Samarqandga — otasining uyiga arazlab ketgan. Oradan bir neça kun ötgaç, qaynona kelinini yana öz xonadoniga olib kelgan. Şu voqea sabab qaynota turmuş örtoği Zulayho Saʼdullayeva bilan ham tez-tez janjallaşadigan, uni ham qörqitadigan odat çiqargan. Har kungi janjallarga çiday olmagan qaynona 2019 yil 12 dekabr kuni qizinikiga arazlab ketgan.

2019 yil 14 dekabr kuni soat 16:00 da qaynota yana kelini bilan tortişadi. Kelini va öğlini nojöya sözlar bilan haqoratlaydi. Qaynotasining kamsitiş va tazyiqlariga çiday olmagan kelin voyaga yetmagan farzandini olib, qaynonasining yoniga boriş uçun köçaga çiqib, yölovçi maşinaga ötiradi. Qaynota esa uning ortidan yetib borib, qöpollik bilan qölidan tortadi va avtomaşinadan tuşirmoqçi böladi. Qaynota kelinini qöni-qöşnilar oldida uyatsiz sözlar bilan haqoratlaydi. Janjal oldini olmoqçi bölgan qöşnilarga ham qöpol muomalada böladi. Kelini qarşilik körsatganida uning yuziga muştlab uradi. Pastki jağ tişini sindiradi. Tan jarohati yetkazadi va uyga majburiy tarzda olib kiradi.

Janjal ertasi kuni ham davom etgan. Qaynota kelini va nogiron öğlini oşxonaga kiritmay, ovqat ham bermagan. Öğliga qölidan iş kelmasligini, boqimanda ekanligini aytib, kamsitgan. Özi va ijtimoiy himoyaga muhtoj turmuş örtoğining doimiy kamsitilişiga çiday olmagan kelin şu kuni soat 12:00 da öz joniga qasd qiliş maqsadida yaşaş xonadonining oşxonasida bölgan yelim idişdagi benzinni ustiga sepib, özini özi yoqib yuborgan.

Kelin Ğijduvon tuman tibbiyot birlaşmasi reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.

«Qaynotaning kamsitişlari oqibatida öz joniga qasd qilgan kelin, fuqaro Sabohat Haqqulova tuman tibbiyot birlaşmasining reanimatsiya bölimida beş kun yotadi. Kelin bilan suhbatda qaynotasi xonadoniga kelin bölib tuşgan vaqtdan beri uning xatti-harakatlari natijasida ruhiy azob olgani oydinlaşdi. Qaynota kelinining ota-onasi va yaqin qarindoşlari yoniga borib-kelişiga tösqinlik qilgan. Yeb-içişi, kiyinişi, oddiy insonday yaşaşi uçun na öğliga, na keliniga şafqat qilgan», — deydi Ğijduvon tuman prokuraturasi katta tergovçisi Bekzod Vafoyev.

Tergovçining aytişiça, kelin özini yoqişi oqibatida tanasining 98 foizi kuygan.

«Tana aʼzolarining 98 foizi kuygan ayol bilan suhbatlaşar ekanman, uning irodasi, metin bardoşiga lol qolganimni yaşirmayman. Özining aytişiça, ayol şunçalar azobda yaşaganki, oilaning mahallada yomonotliq bölmasligi uçun, afsuski, bu qiynoqlarni ostonadan taşqariga olib çiqmagan», — deydi tergovçi.

«Yangiobod» mahalla fuqarolar yiğini raisi Xolmurod Tursunovning bildirişiça, uşbu oiladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ikki nafar farzand uçun doimiy ravişda kömak puli va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib turilgan.

Tibbiy muolajalarga qaramasdan, tanasining 95-98 foizi kuygan kelin 2019 yil 20 dekabr kuni vafot etgan.

2020 yil 9 iyul kuni mazkur işni körib çiqqan Jinoyat işlari böyiça Ğijduvon tuman sudi kelinini özini özi öldiriş darajasiga yetkazgan qaynotani 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

×