Jasur Umirov 5 yilga qamaldi

Jasur Umirov 5 yilga qamaldi

Bugun jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon şahar sudida sudlanuvçilar J. U., A. Z., Ş. Q. ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.Uşbu jinoyat işi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda körib çiqildi.Jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon şahar sudining 2021 yil 2 fevraldagi hukmiga köra:J. U. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi; A. Z. Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolğon guvohlik beriş) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yaşiriş) 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) tartibida uzil-kesil 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi;Ş. Q. Jinoyat kodeksining 238-moddasi 1-qismi va 241-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida uzil-kesil 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.Mazkur jinoyat işi böyiça sudga raislik qiluvçi tomonidan tomonlarga, şu jumladan sudlanuvçilar, jabrlanuvçi va uning qonuniy vakiliga, hukm nusxasini olgan vaqtdan boşlab yigirma sutka muddat içida şu sud orqali Samarqand viloyat sudining jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instantsiyasi sudlov hayʼatiga apellyatsiya tartibida şikoyat qilişga va protest keltirişga haqli ekanligi tuşuntirildi.

Teglar:
×