23 mlrd sömlik noqonuniy tenderlar aniqlandi

23 mlrd sömlik noqonuniy tenderlar aniqlandi

Özbekistonda 23 milliarddan ortiq qiymatga ega bölgan davlat xaridlarida qonun buziliş holatlari aniqlanib, taşkilot va ularning mansabdor şaxslariga tegişli çoralar körildi. Bu haqda Raqobat qömitasining axborot xizmati xabar berdi. 


Qömita tomonidan olib borilgan örganişlar natijasida,

  • Yoşlar işlari agentligi tomonidan ötkazilgan jami qiymati 9,1 milliard sömdan ortiq bölgan 6 ta;
  • Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan ötkazilgan jami qiymati 8 milliard sömga yaqin bölgan 6 ta;
  • Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ötkazilgan jami 6,7 milliard sömga yaqin bölgan 10 ta tanlov savdolarida “Raqobat töğrisida”gi Qonunning 29-moddasining talablariga rioya qilinmaganligi, yaʼni savdolarda raqobatni çeklaydigan yoki çeklaşga olib kelişi mumkin bölgan harakatlar aniqlangan.

Yuqoridagilarga köra, Qömita Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat töğrisida”gi Qonun talablarining buzilişi alomatlari bilan buyurtmaçi taşkilotlarga nisbatan iş qözğatilib, qonun buziliş holatlarini bartaraf etiş va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilişi kerak bölgan majburiy körsatmalar berilgan. 

Şuningdek, buyurtmaçi taşkilotlarning mansabdor şaxslariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik çoralari belgilanib, tegişli sud organlariga maʼlumotlar yuborilgan. 


×