Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari Namangan, Farğona va Toşkent viloyatlarida jami 2,4 milliard sömlik noqonuniy tovarlar kontrabandasiga çek qöydi. Bu haqda Çegara qöşinlari matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum bölişiça, Namangan viloyati Yangiqörğon tumanidagi «Qizilyozi» blokpostida Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari Namangan tumani içki işlar bölimi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan. Unda Nanay–Namangan yönalişida Özbekiston fuqarosi boşqaruvida harakatlanib borayotgan Lacetti belgilangan tartibda töxtatilib tekşirilganda maşinadan bojxona qoidalarini buzib, çegaradan olib ötilgan, çet elda işlab çiqarilgan, umumiy narxi 150 million sömga teng uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.
Şuningdek, şu blogpostda Nanay—Çortoq yönalişida harakatlanib borayotgan Hyundai maşinasi tekşirilganda çegaradan noqonuniy yöllar bilan mamlakatga olib kirilgan, umumiy qiymati 400 million sömga teng oziq-ovqat, qişloq xöjaligi va maişiy texnika vositalari qölga olingan.
Bundan taşqari, Toşkent viloyati «Çinor» yöl-patrul maskanida Hyundai maşinasi tekşirilganda uning salonida çet elda işlab çiqarilgan, tegişli hujjatlarga ega bölmagan 1 milliard 576 ming sömlik parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlangan.
Şu bilan birga, Farğona viloyatida 139 million sömlik parfyumeriya mahsulotlari, 342 million sömlik uyali aloqa vositalari, Andijon viloyatida 102 million sömlik kiyim-keçaklar, Toşkent viloyatida esa 270 million sömlik tamaki mahsulotlar kontrabandasiga çek qöyilgan.
Qayd etilişiça, bu kabi holatlar böyiça jami 2 milliard 403 million 576 ming sömlik noqonuniy tovarlar olib ötilişining oldi olingan. Hozirda sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan tegişli idoralar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.









