Qirğizistondan Özbekistonga 1,6 mlrd sömlik dorini noqonuniy olib ötganlar qamaldi

Qirğizistondan Özbekistonga 1,6 mlrd sömlik dorini noqonuniy olib ötganlar qamaldi

Andijon viloyatida noqonuniy yöllar bilan 1 616 802 000 sömlik dori vositalari olib kelgan şaxslarga hukm öqildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Andijon viloyatining Qorasuv şahrida yaşovçi muqaddam sudlangan 43 yoşli A.D. sinfdoşi Ş.J. bilan özaro til biriktirib, 2023 yilning avgust oyida Qirğiz Respublikasida istiqomat qiluvçi şaxslardan Özbekiston Respublikasi hududiga davlat çegarasi orqali noqonuniy ötkazilgan 87 turdagi “Fokusin”, “Dopegit”, “Kogitum”, “Erinit” va boşqa dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Baholaş faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJ xulosasiga köra, dori vositalarining umumiy qiymati 1 616 802 000 sömni taşkil qilgan.

Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekşiruvi xulosasiga köra, uşbu dori vositalarining maʼlum bir qismi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat röyxatidan ötmagan, davlat reyestriga kiritilmagan hamda ularga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylaştirilmagan.

Taʼkidlaş lozimki, fuqaro A.D. muqaddam uyuşgan guruh tarkibida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda ötkaziş va bojxona töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş jinoyatlarini sodir etganligi uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Holat yuzasidan A.D. va Ş.J.ga nisbatan DXX Andijon viloyati böyiça boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borildi.

“Jinoyat işlari böyiça Qörğontepa tuman sudi tomonidan esa A.D.ga nisbatan 5 yil hamda Ş.J.ga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×