Samarqand viloyati Payariq tumanida 3,7 gektar yerni 185 ming AQŞ dollari evaziga sotmoqçi bölgan fermer xöjaligi rahbari uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, Samarqand viloyati Içki işlar boş boşqarmasi, Jinoyat qidiruv boşqarmasi, Yer resurslari talon-toroj qilinişiga qarşi kuraşiş bölinmasiga fuqaro O.F.dan murojaat kelib tuşgan.
Viloyat prokuraturasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Payariq tumanidagi “X.D” fermer xöjaligi rahbari X.B. fuqaro O.F.ga özi rahbarlik qilayotgan fermer xöjaligi hisobidagi 3,7 gektar qişloq xöjaligiga möljallangan suvli yer maydonining har bir gektarini 50 ming AQŞ dollari – jami 185 ming AQŞ dollari evaziga sotişini va mansabdor tanişlari yordamida kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib berişini aytib, kelişilgan pul hisobidan bönak (avans) tariqasida 10 ming AQŞ dollari olayotgan paytda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan.









