Islom Karimov nomidagi “Toşkent” xalqaro aeroportida 60 yaşar bemor tez yordamning keçikib kelişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi xabar bermoqda.
Voqea joriy yilning 11 sentyabr kuni soat 07:25 atrofida sodir bölgan. Ayni şu vaqtda “Toşkent” xalqaro aeroportidan Call markazga 60 yoşli kişining soğliği yomonlaşib, huşidan ketgani haqida çaqiriq tuşadi. Bu maʼlumot zudlik bilan Yakkasaroy tumanidagi 10-bölimga yetkazilgan. Oradan 1 daqiqa ötib, yaʼni, soat 07:26 da “Tez yordam” brigadasi çaqiriq joyiga otlanadi. Biroq, Yakkasaroy töyxonasining yonidagi yöl tiqilinç bölgani sababli “Tez yordam” 5-6 daqiqa turib qoladi. “Tez yordam” maşinasining çiroği yonib, çaqiriq signali yangrab tursa-da, maşinaga yöl berilmaydi.SSV: Tibbiyot xodimiga tajovuz uçun javobgarlik kuçaytiriladi
“Tez yordam” manzilga yetib borganida, aeroport şifokorlari bemorga tibbiy yordam körsatayotgan bölgan. “Tez yordam” şifokorlari ham darhol işga kirişadi. Bemorda öpka-yurak reanimatsiyasi muolajalari ötkaziladi. Biroq, körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bemor vafot etadi.
“Şu örinda, haydovçilarga murojaat qilib şuni aytmoqçi edikki, qadrli haydovçilar, yoningizda çiroği va çaqiruv signalini yoqib kelayotgan “tez yordam” maşinasining kömagiga, balki sizning yaqinlaringizdan biri köz tutib turgandir. “Tez yordam” oşiqqan manzil sizning xonadoningiz bölişi ham ehtimoldan xoli emas-ku. Qolaversa, kimningdir farzandi, otasi yoki onasi, joni-jigarining hayoti qil ustida turgan bölişi, siz ozgina himmat qilib, “tez yordam”ga yöl bersangiz bir insonning hayotini saqlab qolişdek katta savobga şerik bölişingiz mumkin”, deyiladi SSV xabarida.
Maʼlumot örnida, joriy yilning ötgan töqqiz oyida birgina Toşkent şahri miqyosida “tez yordam”ga 750 mingga yaqin çaqiriqlar tuşgan. Bu körsatkiç 2018 yilning şu davriga nisbatan 7 foiz köproqdir.Qalampir.uz Tahririyati









