1 iyundan boşlab şaharlar avtomobil yöllarida taʼmirlaş yoki yöl çiziqlarini çiziş bilan boğliq işlarni soat 07:00 dan 21:00 ga qadar amalga oşirişga (dam oliş kunlari, şuningdek, keçiktirib bölmaydigan alohida holatlar bundan mustasno) yöl qöyilmaydi. bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.
Bildirilişiça, taʼmirlaş va yöl çiziqlarini yangilaş işlari endi kunduzi emas, faqat keçasi – yöllardagi harakat kamaygan vaqtda amalga oşiriladi.
“Bu özgariş fuqarolarning kundalik işga boriş-keliş, farzandini maktabga olib boriş yoki şifoxonaga yetib olişni osonlaştiriş bilan bir qatorda, tirbandliklar yuzaga kelişini oldini oladi”, deydi Asadov.
Şuningdek, joriy yil 1 sentyabrdan boşlab harakat tezligini nazorat qilişga möljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylaşgan hududda va ungaça kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan köp bölmagan hududda “Radar” yöl belgisining örnatilişi majburiy böladi.









