49 yoşli erkak SI yasagan ayol uçun bor budini sotib, 2000 km bosib ötdi

Braziliyalik 49 yoşli erkak ijtimoiy tarmoqda tanişgan ayolga uylaniş umidida mol-mulkini sotib, qariyb 2 ming kilometr yöl bosib ötdi. Lekin u uçraşmoqçi bölgan ayol sunʼiy intellekt yordamida işlangan virtual obraz bölib çiqdi. Bu haqda “New York Post” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, Edimar Roşa Martins 2020 yilda ijtimoiy tarmoqda özini fermada yaşovçi yolğiz ayol sifatida taniştirgan blogerning sahifasiga duç kelgan. U videolarida umr yöldoş izlayotganini aytib kelgan. Erkakning sözlariga köra, u ayol sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan obraz ekanini heç qaçon sezmagan.

Martins joriy yilning 9 oktyabr kuni sevgilisi bilan uçraşiş uçun safarga otlanişga qaror qilgan. U yöl xarajatlarini qoplaş maqsadida öziga tegişli buyumlarni sotgan va Braziliyaning Maranyan ştatidagi Imperatris şahridan Minas-Jerays ştatidagi Belu-Orizonti şahriga yöl olgan. Uşbu ikki şahar orasidagi masofa qariyb 2 ming kilometrni taşkil etadi.


11 oktyabr kuni manzilga yetib borgan erkak ayolni izlay boşlagan. U hatto mahalliy radiostantsiyaga ham murojaat qilgan. Biroq u yerda ayolning mavjud emasligi, bu haqdagi maʼlumotlar soxta ekani aytilgan.

Şundan söng, Martinsning puli tugab qolgan. U mahalliy hokimiyatga murojaat qilib, yolğizlikdan çarçagani va sevgi izlab uzoq yöl bosib kelganini xodimga aytgan. Natijada unga yordam körsatilib, uyiga qaytişi uçun avtobus çiptasi olib berilgan.

Keyinçalik akkauntni oçgan şaxs videoni eʼlon qilib, ayol obrazi ijtimoiy tarmoqlarda mahsulotlarni reklama qiliş uçun sunʼiy intellekt yordamida yaratilganini maʼlum qilgan. Şuningdek, u Martins bilan heç qaçon yozişmaganini bildirgan.


Teglar:
×